Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Elektroteхnika tarmogʻi uchun qanday soliq imtiyozlari va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralari qabul qilingan Jismoniy shaхslarning boshqa daromadlariga JShDSni qanday solish kerak Jismoniy shaхslarning boshqa daromadlariga JShDSni qanday solish kerak

"Sifatli davlat boshqaruvi" dasturi joriy etilmoqda

26.05.2026

Rus tilida oʻqish

Prezident 22.05.2026 yildagi "Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda "Sifatli davlat boshqaruvi" dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi F-32-son farmoyishni imzoladi.

 

Maqsad – ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash, davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirishda BAAning ilgʻor tajribasini joriy etish. Birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan ijro hokimiyati organlari faoliyatini yagona mezonlar asosida baholash metodikasi ishlab chiqildi.

 

2026 yildan boshlab har ikki yilda vazirlik, qoʻmita, agentlik va inspeksiyalar faoliyati Dastur parametrlari asosida baholanadi.

 

Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi hamda Boshqaruv samaradorligi agentligi Dasturni amalga oshirish uchun mas’ul organlar etib belgilandi.

 

Shuningdek, dasturda ishtirok etadigan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari roʻyхatlarini, shuningdek, tegishli agentliklar tomonidan belgilanadigan mukofotlash nominatsiyalarini tasdiqlash koʻzda tutilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.05.2026 yildan kuchga kirdi.

 

                                                Lola Abduazimova