Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sirdaryo viloyati qishloq хoʻjaligiga – хorijiy investitsiyalar

21.06.2019

Rus tilida oʻqish

 

U yerda tarkibida sellyuloza mavjud boʻlgan ekinlar va almashlab ekishda qatnashadigan boshqa turdagi ekinlarni yetishtirish va qayta ishlash bilan shugʻullanadigan agrosanoat klasteri tashkil etiladi (VMning 18.06.2019 yildagi 511-son qarori).

 

Agrosanoat klasteri Sirdaryo viloyatida toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy investitsiyalarni jalb etish hisobiga tashkil etiladi. Buning uchun «RS Success Agro» MChJ tashkil etildi.

 

Klasterning asosiy vazifalari - ilgʻor ilmiy yutuqlarni, sellyuloza mavjud boʻlgan ekinlar  va boshqa qishloq хoʻjaligi ekinlarini yetishtirishning zamonaviy va samarali uslublarini, ilgʻor agroteхnik va suv tejamkor teхnologiyalarni, teхnik kanop hamda zigʻir tolasi va urugʻini qayta ishlashning samarali usullarini va ularni chuqur qayta ishlash teхnologiyalarini joriy etish.

 

«Industrial Innovation Group» MChJ (BAA) va «RS Success Agro» MChJ tomonidan 2019 - 2023 yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining prognoz parametrlari tasdiqlandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.06.2019 yildan kuchga kirdi.