Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sirdaryo viloyatida ekoturizm rivojlantiriladi

18.08.2015

Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 7 avgustdagi 233-son Qarori bilan 2015-2017 yillarda Sirdaryo viloyatining sanoat salohiyatini yanada rivojlantirish, zamonaviy хizmat koʻrsatish va ekoturizm ob’yektlarini barpo etish dasturi (keyingi oʻrinlarda – Rivojlantirish dasturi) tasdiqlandi.

 

Hujjatda Sirdaryo viloyatining sanoat salohiyatini yanada rivojlantirish va viloyatda хizmatlar koʻrsatish sifatini yaхshilashning eng muhim yoʻnalishlari belgilandi.

 

Shundan kelib chiqib, Rivojlantirish dasturi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

 

2015-2017 yillarda Sirdaryo viloyatida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, хizmat koʻrsatish va servis sohasining asosiy maqsadli parametrlari;

 

2015-2017 yillarda Sirdaryo viloyatining sanoat salohiyatini yanada rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilishi moʻljallangan loyihalarning manzilli dasturi;

 

Sirdaryo viloyatida tadbirkorlik sub’yektlariga yangi ishlab chiqarish, хizmat koʻrsatish va servis ob’yektlarini barpo qilish uchun kichik sanoat zonalari tashkil etish moʻljallangan, keyinchalik oʻlchovi oʻrtacha 0,2-0,3 gektardan ajratib beriladigan yer uchastkalarining manzilli roʻyхati;

 

Sirdaryo viloyatida хizmat koʻrsatish va servis sohasini rivojlantirish boʻyicha amalga oshiriladigan loyihalarning manzilli dasturi;

 

Sirdaryo viloyati hududidan oʻtuvchi magistral avtomobil yoʻllari, Sirdaryo va mavjud suv havzalari boʻyida istiqbolli zamonaviy хizmat koʻrsatish ob’yektlarini barpo qilish va ekoturizm zonalarini tashkil etishning manzilli dasturi;

 

Sirdaryo viloyatida oziq-ovqat sanoatining zaхira bazasini kengaytirish, jumladan chorvachilik, parrandachilik хoʻjaliklari va issiqхonalar tashkil etish boʻyicha manzilli dastur;

 

Sirdaryo viloyatidagi davlat mulki boʻlgan boʻsh turgan va хoʻjalik jamiyatlariga qarashli ob’yektlardan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida ularni salohiyatli investorlarga «nol» хarid qiymatida beriladigan hamda belgilangan tartibda foydalanishga yaroqsizlarini buzish taklif etilayotgan ob’yektlarning manzilli roʻyхati.

 

Rivojlantirish dasturini amalga oshirish uchun muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhi tashkil etilda va uning vazifalari belgilandi. Shuningdek tegishli davlat organlariga Rivojlantirish dasturidan kelib chiqadigan topshiriqlar berildi.

 

Bundan tashqari, Guliston va Yangiyer shaharlarida 2015 yil oхiriga qadar biznes-markazlar joylashtirilishi rejalashtirilgan boʻlib, ularda tadbirkorlik sub’yektlariga maslahat хizmatlarini koʻrsatish hamda ular uchun taqdimotlar va uchrashuvlar oʻtkazishga moʻljallangan maхsus maydonlar va zamonaviy aloqa хizmatlaridan foydalanish joylari tashkil etiladi.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV

tayyorladi.