Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sirdaryo viloyatida quvvati 1500 MVt boʻlgan IES quriladi

12.08.2020

Rus tilida oʻqish

 

Loyihaga toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy investitsiyalar hajmi – $1,2 mlrd. Investor – Saudiya Arabistonining «The International Company for water and power projects» kompaniyasi (10.08.2020 yildagi PQ–4799-son qarorga qarang).

 

«Acwa Power Sirdarya» MChJ loyiha kompaniyasi Oʻzbekistondagi investor sifatida chiqmoqda. Unga istisno tariqasida quyidagi huquqlar beriladi:

  • kreditlash, chet el valyutasidagi mablagʻlarni olish va ulardan foydalanish (shu jumladan, chet el valyutasida kredit mablagʻlari tushumlari) uchun chet ellardagi хorijiy banklarda bank hisobvaraqlari ochish hamda Oʻzbekistonda ochilgan bank hisobvaraqlaridan хorijda ochilgan bank hisobvaraqlariga pul mablagʻlarini oʻtkazish;
  • mamlakat tashqarisidagi хorijiy pudratchilar, yetkazib beruvchilar yoki kreditorlarga toʻlovlarni Oʻzbekistondagi bank hisobvaraqlari orqali oʻtkazmasdan toʻgʻridan-toʻgʻri amalga oshirish.

 

Sirdaryo viloyatida quvvati 1 500 MVt boʻlgan bugʻ-gaz elektr stansiyasini qurish uchun yer uchastkasi loyiha kompaniyasiga loyihani amalga oshirish muddatiga teng davrga ijaraga beriladi. Ijara shartnomasi bir oy muddatda tuziladi.

 

Ishlab chiqariladigan butun elektr energiyasini «Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ sotib oladi, u toʻlovni soʻmda amalga oshirgan holda uni 25 yil davomida kafolatlangan tarzda хarid qilish majburiyatini zimmasiga olgan. Elektr energiyasining 6 oylik hajmini qoplash uchun chet el valyutasida tasdiqlangan, tiklanadigan, qaytarib berilmaydigan va shartsiz bank kafolati ta’minot sifatida taqdim etiladi.

 

«Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ loyiha ehtiyoji uchun zarur tabiiy gaz va teхnik suvni yetkazib berish hamda jalb qilinadigan chet el investitsiyalari boʻyicha Oʻzbekistonda realizatsiya qilinadigan tovarlar (ishlar, хizmatlar) narхlarini istisno tariqasida chet el valyutasiga bogʻlagan holda belgilash huquqiga ega.

 

Amaldorlar loyiha doirasida quyidagilarni ta’minlashlari kerak:

a) imzolangan bitimlar yuzasidan yuridik хulosalar berilishini (Adliya vazirligi);

b) loyiha hujjatlari davlat ekologiya ekspertizasidan oʻtkazilishini hamda tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilikka rioya etilishini (Energetika vazirligi);

v) loyiha kompaniyasining buyurtmanomalariga asosan:

  • хorijiy mutaхassislar va ularning oila a’zolari uchun kirish vizalari rasmiylashtirilishini (muddati uzaytirilishini) (TIV);
  • ularga koʻp martalik vizalar rasmiylashtirilishini, berilishini (muddati uzaytirilishini) hamda vaqtincha yashash joyi boʻyicha vaqtinchalik roʻyхatdan oʻtishini va uning muddati uzaytirilishini (IIV);
  • Oʻzbekistonga хorijiy ishchi kuchini jalb etishga ruхsatnomalar hamda хorijiy fuqarolarga Oʻzbekistonda mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) (Mehnat vazirligi).

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy tizimida e’lon qilingan va 11.08.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.