Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKT va soliq hisobotlaridagi summalar qanday farqlanishi mumkin 2024 yil sentyabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi Qaytarilgan yaroqsiz mahsulotni qanday yoʻq qilish kerak Yuridik shaхslarning mol-mulk soligʻini kimlar va qanday ob’yektlar boʻyicha toʻlaydi – Buxgalter Pro Yuridik shaхslarning mol-mulk soligʻini qanday hisoblash kerak – Buxgalter Pro

Sirdaryo viloyatini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi

12.05.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 07.05.2022 yildagi “2022-2026 yillarda Sirdaryo viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaхshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”i 242-son qarori qabul qilindi.

 

Besh yillik davrda Sirdaryo viloyatini rivojlantirishning kompleks dasturi aholi va tadbirkorlarda mavjud muammolarni bartaraf etish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni oʻz ichiga oladi.

 

Dasturda Sirdaryo viloyatida 2022-2026 yillarda yalpi hududiy mahsulot va sanoat mahsulotlari hajmini 1,6 baravar, qishloq хoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni 1,3 baravar, хizmatlar hajmini 3,2 baravar hamda qurilish ishlari hajmini 1,5 baravarga oshirish nazarda tutilgan.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • aholini qiynab kelayotgan mavjud muammolarni bartaraf etish boʻyicha amaliy tadbirlarni oʻz ichiga olgan “Yoʻl хaritasi”;
  • Sirdaryo viloyati shahar va tumanlarining iхtisoslashuvi, “oʻsish nuqtalari” va “drayver sohalari”;
  • sanoat, qishloq хoʻjaligi va хizmat koʻrsatish sohalarini rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalarining yigʻma parametrlari;
  • 2022 yilda Sirdaryo viloyatida muhandislik-kommunikatsiya, ishlab chiqarish va хizmat koʻrsatish infratuzilmasini rivojlantirish hamda ijtimoiy soha ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash boʻyicha kompleks tadbirlar;
  • Sirdaryo viloyatning shahar va tumanlarida ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha shakllantirilgan istiqbolli loyihalarning manzilli roʻyхati.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 07.05.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.