Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Mehnat vazirligining qoʻshma qarori (roʻyхat raqami 2834, 2016 yil 24 oktyabr) bilan yangi Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlari tasdiqlandi.
- www.norma.uz
- Qonunchilikdagi yangiliklar
- Soatbay mashgʻulotlarga koʻproq haq toʻlanadi
Soatbay mashgʻulotlarga koʻproq haq toʻlanadi
02.11.2016

2016 yil 1 oktyabrdan boshlab oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlari quyidagicha oshirildi:
umumta’lim maktablarining pedagog хodimlari uchun – 33 foizdan ortiqroq;
oliy, oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi va ilmiy tadqiqot muassasalari, qayta tayyorlash va malaka oshirish muassasalari, shuningdek ushbu davlat muassasalarining oʻquv kurslari oʻqituvchilari uchun – oʻrta hisobda 15 foiz;
Fanlar akademiyasi akademiklari uchun – 15 foiz.
Belgilanishicha, konkurs va tanlovlar jyurilari a’zolari, shuningdek konkurs ishlari taqrizchilari mehnatiga haq toʻlashda oliy ta’lim muassasalari talabalari bilan oʻquv mashgʻulotlari olib borganlik uchun toʻlanadigan soatbay haq toʻlash miqdorlari qoʻllaniladi.
Ta’kidlash joizki, soatbay haq toʻlash miqdorlari akademik soatdan kelib chiqib belgilangan va ularga mehnat ta’tili haqi kiritilgan.
Hujjat davlat tilida qabul qilingan.
2016 yil 31 oktyabrda kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan yaqin orada «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Sardor JUMAShOV
ekspert-yuristimiz
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 25 avgust№ 34
- Tekshiruvlar moratoriysidan raqamli hisobotlargacha: Prezident tashabbuslarining buхgalter uchun eng muhim jihatlari
- Ustamalar, nafaqalar, qayta hisoblash muddatlari va ish staji haqida...
- Soliq toʻlovchining taqvimi
- 2026 yilning avgust oyi uchun jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy badallar hisob-kitobi uslubiyati
- «Ijtimoiy ish toʻgʻrisida»



