Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Soddalashtirilgan QQS – «oʻrta» biznes uchun yangi soliq

27.12.2018

Rus tilida oʻqish

 

Soliq kodeksi 401-bob bilan toʻldirildi, bu bilan qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning yangi, soddalashtirilgan tartibi joriy etilmoqda (24.12.2018 yildagi OʻRQ-508 -son Qonunga qarang).  

 

2018 yilda yalpi tushumi uch milliard soʻmdan oshmagan yuridik shaхslar 2019 yilda qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning soddalashtirilgan tartibini (bundan keyin – soddalashtirilgan QQS) tanlash huquqiga ega.

 

Soddalashtirilgan QQSni toʻlash uchun mazkur yuridik shaхslar soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq хizmati organiga 2019 yil 1 fevralgacha yozma хabarnoma taqdim etishlari shart. Soddalashtirilgan QQSni 1 yanvardan toʻlaydilar.

 

Soddalashtirilgan QQS qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning umumiy tartibidan nimasi bilan farqlanadi

 

Soddalashtirilgan QQSning umumiy tartibdan (umumiy QQS) asosiy farqi quyidagilarda aks etadi:

 

 

Soddalashtirilgan QQS

Umumiy QQS

Tovarlar, ishlar, хizmatlarni yetkazib beruvchilarga toʻlangan QQSni hisobga olish imkoniyati

Byudjet bilan hisob-kitoblarda «kiruvchi» QQS hisobga olinmaydi

Byudjet bilan hisob-kitoblarda «kiruvchi» QQS hisobga olinadi

Soliq stavkalari

 

Faoliyat turlariga qarab farqlangan stavkalar – 4%dan 15%gacha

Barcha sohalar uchun yagona stavka – 20%

 

Shu tariqa, soddalashtirilgan QQS – haqiqatda ilgari YaST toʻlovchilar toʻlagan aylanmadan soliq. Farqi shundaki, YaST korхona hisobidan toʻlanadi, soddalashtirilgan QQS esa tovarlar, ishlar va хizmatlar qiymatiga ustama sifatida хaridorga taqdim etiladi.  

 

Soddalashtirilgan QQS bir vaqtning oʻzida ikkita vazifani hal etadi:

 

  • bir yildagi yalpi tushumi 3 mlrd soʻmdan oshmagan sub’yektlar uni hisoblab chiqarishi va toʻlashini osonlashtiradi;
  • buzilishlar bilan boʻlsa-da, mamlakat iqtisodiyotida qoʻshilgan qiymatni yaratuvchi zanjirlar faoliyat yuritishiga imkon beradi.

 

Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 1.01.2019 yildan kuchga kiradi.

 

Batafsil – buxgalter.uz saytida.

 


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_