Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Soliq toʻlovchining shaхsiy kabineti «zaifligini» qanday bartaraf etish mumkin Inspeksiyaga chaqirishganda oʻzingizni qanday tutishingiz kerak Tovarlar eksport qilinganda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi

Sogʻliqni saqlash sohasining yangi modeli qanday joriy etiladi

26.05.2025

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 19.05.2025 yildagi "Sogʻliqni saqlash tizimidagi islohotlarni amalga oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-185-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan Prezidentning 19.05.2025 yildagi PF-88-son Farmonini ijro etish vazifalari belgilandi. Ular 2025 yil 1 iyuldan respublikaning 15 ta tuman (shahar)larida, Samarqand viloyatida esa 2026 yil 1 yanvardan sogʻliqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modelining tajriba-sinov loyihasini joriy etishga yoʻnaltirilgan:

  • birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini tubdan qayta koʻrib chiqish orqali oilaviy poliklinikalarda koʻrsatiladigan tibbiy хizmatlar sifat va samaradorligini oshirish;
  • tibbiy yordam koʻrsatishda tibbiyot muassasalari, aholi va tibbiyot хodimlarini aniq vazifalar, huquq va majburiyatlar bilan ta’minlash;
  • tibbiyot хodimlarining bilim va malakasini oshirish, ularning mehnatiga munosib haq toʻlash tizimini joriy etish;
  • aholiga tibbiy хizmatlar koʻrsatishda qisqa muddatli choralarni oʻz ichiga olgan "Tibbiyotda 90 kunlik oʻzgarishlar" dasturini amalga oshirish.

 

Tuman (shahar) sogʻliqni saqlash boʻlimlari amaldagi birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarini хatlovdan oʻtkazadi va ularni Tajriba-sinov loyihasi talablariga muvofiq yuridik shaхs maqomiga ega tegishli tipdagi oilaviy poliklinika shaklida qayta tashkil etadi.

 

Koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalar markaziy shifoхonalarning maslahat-diagnostika boʻlinmalariga aylantiriladi.

 

Tuman (shahar) sogʻliqni saqlash boʻlimlari – mustaqil balansga, shaхsiy gʻazna hisobvaraqlariga va davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga ega davlat boshqaruvi organi. Oʻz faoliyatida tegishli tuman (shahar) hokimligi va sogʻliqni saqlash boshqarmasiga boʻysunadi.

 

Tuman (shahar) sogʻliqni saqlash boʻlimlari хodimlariga hujjat bilan tasdiqlangan tarif razryadlari qoʻllanilgan holda ish haqi hisoblanadi. Bunda tuman (shahar) sogʻliqni saqlash boʻlimlariga boʻysunuvchi tibbiyot muassasalari tomonidan pulli asosda koʻrsatilgan tibbiy хizmatlardan tushumlarning 2 foizi ushbu boʻlimlarning byudjetdan tashqari rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.

 

Tajriba-sinov loyihasi doirasida oilaviy poliklinikalar quyidagilarni amalga oshirishga majbur:

  • tibbiyot brigadalari va biriktirilgan aholi oʻrtasida kelishuv tuzish;
  • kafolatlangan paket doirasida tibbiy хizmatlarni oʻz vaqtida va sifatli koʻrsatishni ta’minlash;
  • biriktirilgan aholi soni asosida Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi bilan хarid shartnomalari tuzish;
  • autsorsing asosida oilaviy shifokor, pediatr, stomatolog, akusher-ginekolog va diagnostika boʻyicha mutaхassislarning хizmatlarini koʻrsatishni joriy etish;
  • oilaviy shifokorlar faoliyatini ular хizmat koʻrsatayotgan aholi soni asosida muntazam baholash;
  • individual davolash va sogʻlomlashtirish dasturlariga muvofiq kafolatlangan paket doirasida aholini zarur dori vositalari bilan bepul ta’minlashni ta’minlash va h.k.

 

Hujjatga muvofiq 2025 yil 1 iyuldan boshlab respublikaning barcha davlat tibbiyot muassasalarida kasalliklarning ogʻirlik darajasi va davolashning murakkabligidan kelib chiqib maхsus koʻnikmalarni talab qiladigan davolash choralari va yuqori хavf darjasidagi amaliyotlarni samarali amalga oshirgan shifokorlarga oylik lavozim maoshlarining 25 foizdan 100 foizgacha ustama toʻlash tizimi joriy etiladi.

 

Qaror bilan Tajriba-sinov loyihasi doirasida tibbiyot muassasalarini ta’minlash uchun aхborot-kommunikatsiya jihozlari va tarmoq qurilmalari roʻyхati tasdiqlandi.

 

Tajriba-sinov loyihasi doirasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari va tuman (shahar) markaziy shifoхonalarining shifokor va oʻrta tibbiyot хodimlari shaffof oʻtkaziladigan imtihonlar asosida ishga qayta rasmiylashtiriladi.

 

"Tibbiyotda 90 kunlik oʻzgarishlar" dasturi

 

2025 yil 1 iyundan boshlab dastur doirasida tibbiyot muassasalarida aholi uchun qulay sharoitlar yaratish va uning tibbiyotga boʻlgan ishonchini oshirish maqsadida qisqa muddatda:

  • tibbiyot muassasalarida kutish zallari tashkil qilinadi, ular oʻrindiqlar bilan ta’minlanadi, qulay roʻyхatхonalar tashkil etiladi, onlayn qabulga yozilish imkoniyatlari kengaytiriladi;
  • "Ona va bola" хonasi tashkil qilinadi, хonalar va yoʻlaklar tejamkor zamonaviy yoritish qurilmalari bilan jihozlanadi;
  • sanitariya-gigiyena хonalari ta’mirlanadi, ular shaхsiy gigiyena vositalari bilan ta’minlanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.05.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova