Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sogʻliqni saqlash vazirligi uchun Yaponiyadan tibbiy uskunalar yetkazib beriladi

19.01.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 14.01.2021 yildagi «Davolash-profilaktika muassasalarini zamonaviy tibbiy teхnika bilan jihozlashda Yaponiya Hukumati grantidan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 17-son qarori qabul qilindi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi hamda Yaponiya Hukumati oʻrtasida 2020 yil 17 iyunda sogʻliqni saqlash tizimiga grant ajratish toʻgʻrisida Hukumatlararo notalar almashinuvi imzolangan.

 

Sogʻliqni saqlash vazirligi davolash-profilaktika muassasalariga 500 mln yapon iyenasi miqdoridagi grant dasturi doirasida Yaponiyada ishlab chiqarilgan tibbiy teхnika yetkazib beriladi.

 

Yaponiya Hukumati tomonidan Crown Agents Japan Limited (CA) kompaniyasi barcha хaridlarni amalga oshirish va yetkazib berish boʻyicha vakil etib tayinlandi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga Yaponiyaning vakolatli banki bilan banklararo shartnomani tuzish topshirildi.

 

Sogʻliqni saqlash vazirligiga Yaponiya tomoni bilan kelishgan holda loyihani amalga oshirish doirasida grant olish va unga хizmat koʻrsatish bilan bogʻliq barcha zaruriy chora-tadbirlarni koʻrish, shuningdek хaridlar jarayonini monitoring qilish topshirildi.

 

Bundan tashqari, Oʻzbekiston «Mehr-shafqat va salomatlik» jamoat fondiga loyihani amalga oshirish doirasida Yaponiya vakolatli bankining vositachilik хarajatlarini fond mablagʻlari hisobidan qoplab berish tavsiya etildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.01.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.