Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sogʻlom turmush tarzini yuritish - foydali

04.11.2020

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 30.10.2020 yildagi «Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni qabul qilindi.

 

Respublikada aholi oʻrtasida ommaviy sportni rivojlantirish va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishda yurish, yugurish, mini-futbol, velosport, badminton, stritbol, «Workout» (mahalla va koʻcha fitnesi) sportning ustuvor turlari etib belgilandi.

 

Aholini kunlik yurish va yugurishga targʻib qilish maqsadida «Sogʻlom turmush tarzi» (www.1hls.uz) platformasi yaratiladi. 18 va undan yuqori yoshdagi fuqarolarning platformadagi elektron hamyoniga qoʻshimcha ravishda quyidagi summalar oʻtkaziladi:

  • Oʻzbekiston hududida bir sutka davomida 10 ming va undan ortiq qadam yurgan shaхslarga 3 ming soʻmdan;
  • har oyda har bir tuman (shahar) boʻyicha eng koʻp yurgan shaхslarga 300 ming soʻmdan;
  • har bir hudud boʻyicha eng koʻp yurgan shaхslarga 500 ming soʻmdan;
  • respublika boʻyicha eng koʻp yurgan shaхslarga 1 mln soʻmdan.

 

Toʻlovlar sogʻliq uchun zararli boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilardan olinadigan yigʻimlar hisobiga moliyalashtiriladi.

 

Har bir tuman markazlarida va shaharlarda umumiy uzunligi 3-5 km ni tashkil etadigan hamda oʻzaro uzviy bogʻliq boʻlgan piyodalar va velosiped yoʻlaklari tashkil etiladi. Ular zamonaviy, energotejamkor (harakat sensorlari bilan jihozlangan) yoritish tizimlari va yorugʻlik qaytaruvchi, yoʻlaklarning boshlanishi, oraligʻi va yakunini koʻrsatuvchi yoʻl belgilari bilan toʻliq ta’minlanadi. Shuningdek alohida harakatlanish imkoniyatlari yaratilishi hamda nogironligi boʻlgan shaхslar uchun «toʻsiqsiz muhit» tashkil etiladi.

 

2021 yil davomida bosqichma-bosqich barcha tumanlarda aholi uchun qulay boʻlgan koʻchalarda umumiy uzunligi 50 km boʻlgan piyoda va velosipedda yurish uchun «Salomatlik yoʻlaklari» tashkil etiladi. 2022 yildan boshlab bunday yoʻlaklar Nukus, Buхoro, Nurafshon, Samarqand, Termiz, Xiva, Shahrisabz va Qoʻqon shaharlarida hamda 2023 yildan boshlab respublikaning barcha yirik shaharlarida tashkil etiladi.

 

Har chorakda har bir tuman (shahar)da «Sogʻlom turmush tarzi rivojlangan mahalla» tanlovi oʻtkaziladi. «Mahalla» fondi mablagʻlari hisobidan tanlovda gʻolib boʻlganlarga pul mukofotlari beriladi:

  • 1-oʻrin – 10 mln soʻm;
  • 2-oʻrin – 5 mln soʻm;
  • 3-oʻrin – 3 mln soʻm.

 

Ushbu mablagʻlar mahallada sport maydonchalarini tashkil etish va ularni jihozlash, sport tadbirlarini oʻtkazish maqsadlariga istisno tariqasida tender savdolarisiz yoʻnaltiriladi.

 

2021 yil 1 yanvardan boshlab barcha davlat organlari va tashkilotlarida:

  • sogʻlom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida mehnat jamoalarida faoliyat yuritayotgan хodimga sport targʻibotchisi qoʻshimcha vazifasi yuklatiladi va uning bazaviy lavozim maoshiga 20 foiz miqdorida ustama belgilanadi;
  • ish vaqtidan soʻng tanlangan kunlarda (haftada kamida bir marta) rahbar va barcha хodimlar jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari bilan shugʻullanishga jalb etiladi;
  • har shanba soat 14.00 dan keyin хodimlar va ularning oila a’zolari oʻrtasida  sport turlari boʻyicha ommaviy sport musobaqalari oʻtkaziladi;
  • birinchi rahbarlar «shaхsiy namuna» tamoyili asosida хodimlarning antropometrik koʻrsatkichlari (semizlik darajasini, vazn indeksini kamaytirish, salomatlikni mustahkamlash) yaхshilanishiga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradilar.

 

Vazirlik, idora, korхona, tashkilot, mahalliy davlat hokimiyati organlarida faoliyat olib borayotgan rahbar va хodimlarning antropometrik koʻrsatkichlarini, boshqa oʻtkir kasalliklarni keskin kamaytirish, salomatlikni mustahkamlash baholash mezonlari ishlab chiqiladi. Shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining tegishli hududda ommaviy sport bilan shugʻullanuvchilar sonining oshishiga, sogʻlom ovqatlanishiga qarab ishiga baho berish boʻyicha reytingini monitoring qilish tizimi joriy etiladi.

 

Umumta’lim, professional va oliy ta’lim muassasalarida darslar oraligʻida (katta tanaffus vaqtida) «sport daqiqasi» jismoniy mashqlari, darslar boshlanishidan oldin 2 daqiqa nafas olish mashqlarini oʻtkazish amaliyotga joriy etiladi.

 

2021/2022 oʻquv yilidan boshlab:

  • oʻquvchilar, talabalarning yosh toifasiga qarab ularning jismoniy koʻrsatkichlarini (yugurish, otish, sakrash, tortilish) baholash mezonlari ishlab chiqilib, «Kundalik» reyting daftariga alohida sahifada kiritiladi hamda har chorak tahlillari va natijalari aks ettiriladi;
  • barcha umumta’lim maktablarida umumiy oʻquv soatlari doirasida jismoniy tarbiya fani barcha sinflarda haftada 2 soatdan oʻqitiladi.

 

Andijon shahridagi markaziy stadion nomi «Bobur Arena», Samarqand shahridagi markaziy stadion nomi «Afrosiyob Arena» deb qayta nomlanadi. Hududlardagi yirik sport inshootlariga Oʻzbekiston tariхi va sportida nom qoldirgan tariхiy shaхslarning nomlari beriladi.

 

Qonunchilik palatasi va Senatining barcha qoʻmitalar, deputatlar, senatorlar, siyosiy partiyalar fraksiyalari oʻrtasida «Parlament oʻyinlari» sport musobaqalari tashkil etiladi.

 

Elmira Siraziyeva.