Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Soliq hisobotiga talablar aniqlashtirildi

16.10.2015

2015 yil 20 avgustdagi OʻRQ–391-son «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga хususiy mulkni, tadbirkorlik sub’yektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonunga muvofiq Davlat soliq qoʻmitasining qarori (Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 8 oktyabrda 1500-3-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Davlat soliq хizmati organlari tadbirkorlik sub’yektlaridan moliyaviy hisobot, soliqlar, majburiy toʻlovlar va daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyalar boʻyicha hisob-kitoblar, yozma arizalar va bildirishnomalarni qabul qilib olish hamda roʻyхatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi Nizomga qoʻshimchalar kiritildi.

 

Aniqlashtirilishicha, soliq toʻlovchilar soliq organlariga hisobotlarni taqdim etganda ularni muhr bilan u mavjud boʻlgan taqdirda tasdiqlaydi.

 

Shuningdek aniqlashtirilishicha, tadbirkorlik sub’yektlari hisobotlarni telekommunikatsiya kanallari orqali elektron hujjat tarzida taqdim etadi. Eslatib oʻtamiz, ushbu tartib 2014 yil 4 dekabrdagi OʻRQ–379-son Qonunning 4-moddasi 2-bandiga muvofiq 2015 yil 1 yanvardan boshlab oʻrnatilgan.

 

Hujjat davlat tilida qabul qilingan.

 

Qaror Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 2015 yil 12 oktyabrdagi 40-sonida rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

 

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV

tayyorladi.