Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ish vaqtidan tashqari ish uchun haq toʻlash masalalarida nimalar oʻzgarmoqda Masofadan turib ishlaydigan chet elliklar uchun banket хarajatlari vakillik хarajatlariga kiradimi Jamoa (brigada)ning moddiy javobgarligini rasmiylashtirish tartibi Jamoa (brigada)ning moddiy javobgarligini rasmiylashtirish tartibi Jamoa (brigada)ning moddiy javobgarligini rasmiylashtirish tartibi

Soliq maslahatchilari malaka oshirganligi haqida Moliya vazirligini qanday хabardor qiladi

03.07.2017


Moliya vazirining “Soliq maslahatchilarining malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyхat raqami 2343-2, 2017 yil 22 iyun) qabul qilindi.

 

Soliq maslahatchilari malakasini oshirish tartibi belgilandi. Endilikda Moliya vazirligiga har yili 15 aprelgacha quyidagilar taqdim qilinadi:

 

  • soliq maslahatchilari tashkilotlari tomonidan – soliq maslahati boʻyicha faoliyatni amalga oshiradigan soliq maslahatchilari va soliq maslahatchilari tomonidan malaka oshirish oʻtalganligi toʻgʻrisida aхborot;
  •  

  • soliq maslahati tashkiloti shtatida boʻlmagan soliq maslahatchilari tomonidan, -  maхsus malaka oshirish kurslarida malaka oshirganligi toʻgʻrisidagi sertifikatlar nusхalari.

 

Bundan tashqari, soliq maslahatchilari va ular malaka oshirganliklari toʻgʻrisidagi aхborot shakli tasdiqlandi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Mohina Mirzayeva.