27.12.2016 yildagi OʻRQ-417-son «Soliq va byudjet siyosatining 2017 yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonuni bilan Soliq kodeksiga (keyingi oʻrinlarda - SK) oʻzgartirishlar kiritildi.
- www.norma.uz
- Qonunchilikdagi yangiliklar
- Soliq solishning soddalashtirilgan tartibiga oʻtish osonlashdi
Soliq solishning soddalashtirilgan tartibiga oʻtish osonlashdi
16.01.2017

SKning 351-moddasi ikkinchi qismi yangi tahrirda qabul qilindi. Endi hisobot yili yakunlariga koʻra kichik biznes sub’yektlari uchun oʻrnatilgan mezonlarga muvofiq keladigan umumbelgilangan soliqlar toʻlovchilari YaST toʻlashga oʻtiladigan chorakning birinchi oyi 10-sanasidan kechiktirmay DSIga tegishli bildirishni yuborgan holda YaST toʻlashga oʻtishlari mumkin.
Bunda ular soliq solishning soddalashtirilgan tartibiga joriy yilning oʻzlari istagan choragida (oʻzlari hal etishadi) oʻtishlari mumkin. Masalan, yil boshidan YaST toʻlashga oʻtish uchun bildirishni 10 yanvargacha yuborish lozim, agar 2-chorakdan oʻtiladigan boʻlsa, 10 apreldan kechiktirmay (va h.k.) topshirish kerak.
Eslatib oʻtamiz, avvalgi tahrirda umumbelgilangan soliqlardan YaST toʻlashga oʻtish uchun soliq organlarini keyingi hisobot davri (chorak) boshlanishidan bir oy oldin kechiktirmay yozma ravishda хabardor etish lozim edi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Muzaffar Mirzaganiyev,
ekspertimiz
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 18 avgust№ 33
- NNTda oʻz hisob standarti paydo boʻldi
- Umumiy yigʻilishda ijaraga beruvchilarning fikrini qanday hisobga olish kerak?
- Bolalarga toʻlovlar, rad etish muddatlari, chet elliklarning pensiyasi haqida...
- Buхgalteriya hujjatlarida qaysi soʻzlarni eskicha yozish mumkin emas
- Yetkazib beruvchi «soddalashtirilgan» QQS toʻlashga oʻtsa…



