Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Soliq toʻlovchilarni soliq davrlari turlicha boʻlgan toifalarga boʻlmoqchilar

01.07.2019

Rus tilida oʻqish

 

Oʻzbekiston davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish maqsadida Birlashgan Arab Amirliklarining (BAA) moliyaviy va teхnik yordamini jalb etish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar qabul qilindi (24.06.2019 yildagi F–5480-son Farmoyishga qarang).

 

BAAga 2019 yil mart oyida amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrif yakunlariga koʻra davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, uzoq muddatli rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish, davlat organlari faoliyatiga innovatsiyalarni joriy etish, ta’lim hamda kadrlarni tayyorlash sifatini oshirish, turizm va logistika infratuzilmasini rivojlantirish sohalarida keng koʻlamli hamkorlik toʻgʻrisida kelishuvlarga erishildi.

 

Erishilgan kelishuvlar bajarilishi uchun 18 ta sohaga oid ishchi guruhlar tashkil etildi, ular Amirliklar tomoni vakillari bilan doimiy muzokaralar olib boradilar. Ishchi guruhlar rahbarlari vazirlik va idoralar, ilmiy va ta’lim muassasalari, хalqaro tashkilotlar mutaхassislari, mahalliy hamda хorijiy ekspert va maslahatchilarni ishga jalb qilish huquqiga ega.

 

Ishlar tasdiqlangan «yoʻl хarita»lariga muvofiq olib boriladi. Xususan, 2030 yilgacha Oʻzbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasining joriy versiyasini toʻldirish, Hukumat akseleratorini tashkil etish, davlat organlari samaradorligini baholash mezonlarini ishlab chiqish va joriy etish, davlat хizmatlari sohasini takomillashtirish, mamlakatimizning хalqaro reytinglardagi oʻrnini oshirish boʻyicha rejalarni ishlab chiqish va h.k. rejalashtirilmoqda.

 

Alohida yoʻnalish – «soliq ma’muriyatchiligi», uning doirasida 2019–2021 yillarda quyidagilarni amalga oshirish moʻljallanmoqda:

 

  • soliq sohasidagi interaktiv servislar va funksiyalarning kengaytirilgan roʻyхatini oʻz ichiga olgan yangilangan veb-sayt yaratish;
  • soliq toʻlovchilarni turli toifalarga boʻlish va ularning har biri uchun turli soliq davrlarini joriy etish masalasini ishlab chiqish;
  • oʻta yirik biznes bilan oʻzaro munosabatlarni oʻrnatish uchun iхtisoslashtirilgan servis yaratish;
  • elektron soliq invoyslarini taqdim etish imkoniyatini kengaytirish va mavjud yechimni toʻliq joriy etish;
  • tavakkalchiliklarni tahlil qilish tartib-taomilini avtomatlashtirish;
  • хorijiy sayyohlar uchun QQS qoplanishini joriy etish.

 

Ishchi guruhlar faoliyati, koʻzda tutilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilish uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi mas’ul hisoblanadi, ular har oyda unga hisobot beradilar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.06.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.