Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Soliq va moliya organlari rahbarlari uchun ragʻbatlantirish va jarimalar: yangi mezonlar, turlar va miqdorlar

14.12.2017


Prezidentning 13.12.2017 yildagi PF-5283-son Farmoni bilan  soliq va moliya organlari rahbarlarini ragʻbatlantirish va intizomiy jazo qoʻllash tartibi oʻzgartirildi.

 

Eslatib oʻtamiz, ilgari Prezidentning 10.08.2017 yildagi PF-5147-son Oʻzbekiston  Respublikasi hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida”gi Farmoni bilan ishdagi aniq koʻrsatkichlar uchun ularga lavozim maoshiga nisbatan 10 dan 20%gacha miqdorda ustama va jarimalar belgilangan edi. Batafsil – bu yerda.

 

Qabul qilingan hujjat (13.12.2017 yildagi PF-5283-son Farmon) bu tartibni bekor qildi.

 

Endilikda ish haqiga ustamalar oʻrniga mukofotlash joriy etilmoqda. Ya’ni ragʻbatlantirish har oyda qoʻshimcha haq shaklida emas, balki bir martalik toʻlovlar koʻrinishida amalga oshiriladi.

 

Bundan tashqari, ragʻbatlantirish choralari va intizomiy jazo qoʻllash mezonlari va miqdorlari oʻzgardi. Bunda belgilanishicha, mukofotlash lavozim maoshining 50%idan, jarimalar esa  - 30%idan oshmaydi. Quyidagi jadvalga qarang:

 

Mukofotlash

 

Mahalliy byudjet daromadlarining tasdiqlangan prognozining ijro etilgani uchun

10%

Byudjetga toʻlovlar boʻyicha soliq qarzdorligi qisqartirilgani uchun

20%

Mahalliy byudjet daromadlarini oshirish rezervlarini aniqlash boʻyicha hisob-kitob koʻrsatkichlari bajarilgani uchun

20%

Jarimalar

 

Mahalliy byudjet prognozi bajarilmaganligi uchun

10%dan

Mahalliy byudjetga toʻlovlar boʻyicha soliq qarzdorligi oshirilgani uchun

Mahalliy byudjet daromadlarini oshirish rezervlarini aniqlash boʻyicha hisob-kitob koʻrsatkichlari bajarilmaganligi uchun

 

Mukofotlash va jarimalar moliya vaziri va DSQ raisi tomonidan qoʻllaniladi. Endilikda soliq va moliya organlari rahbarlari har oyda tegishli darajadagi хalq deputatlari kengashlarida hisobot berishlari shartligi bois, ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralari Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari taqdimnomasiga binoan amalga oshiriladi (batafsil – bu yerda).

 

Qolgan masalalar alohida Nizomda batafsil yoritiladi, Vazirlar Mahkamasiga uni 1.01.2018 yilgacha ishlab chiqish topshirildi.

 

Hujjat 13.12.2017 yilda kuchga kirdi.

 

 Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.



Samir Latipov.