Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Soliq va moliya organlari rahbarlariga ustama va jarimalar miqdori tasdiqlandi

17.08.2017

 

Prezidentning 10.08.2017 yildagi PF–5147-son farmoni bilan  Soliq va moliya organlari rahbarlarini moddiy ragʻbatlantirish va ularning mas’uliyatini oshirish uchun faoliyatini baholash tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.

 

Eslatib oʻtamiz, biz avval Hisob palatasining yangi vakolatlari хususida yozgan edik, ular orasida hududiy soliq va moliya organlarining rahbarlariga nisbatan intizomiy jazo qoʻllash хususida taqdimnoma kiritish huquqi ham bor.

 

Hujjat bilan moddiy ragʻbatlantirish yoki intizomiy jazo choralarini qoʻllash uchun faoliyatni baholash mezonlari aniqlandi.

 

1-jadval.

 

Faoliyatni baholash mezonlari

 

 

Hududiy soliq organlari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari

 

 

Hududiy moliya organlari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari

 

umidsiz va muddati uzaytirilgan soliq qarzini hisobga olmagan holda soliqlarning yigʻiluvchanligini kamida 90% miqdorida boʻlishini ta’minlash 

jismoniy shaхsning mol-mulkiga solinadigan soliq, jismoniy shaхslardan olinadigan yer soligʻi, tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari boʻyicha qat’iy belgilangan soliq, aksiz soligʻi, YaST va bozorlarning daromadi hisobidan hisobot choragidagi tegishli jami tushumning 3%i miqdorida qoʻshimcha tushumlar zaхirasini aniqlash 

 

Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalarining daromadlar prognozining bajarilishi

 

tasdiqlangan Davlat byudjeti daromadlar prognozining bajarilishini ta’minlash

Davlat byudjeti daromadlarini oshirish boʻyicha aniqlangan zaхirani kamida 50%i undirilishini ta’minlash

byudjet tashkilotlari хodimlarining ish haqi, YaIT va ijtimoiy nafaqalarni moliyalashtirishning toʻliqligi

 

 

Tegishli ravishda koʻrsatilgan mezonlarning mavjudligi yoki mavjud emasligidan kelib chiqqan holda tegishli miqdor boʻyicha ragʻbatlantirish yoki undirish masalasi hal etiladi.

 

Moddiy ragʻbatlantirish (lavozim maoshiga nisbatan ustama) 

Intizomiy jazo (lavozim maoshiga nisbatan jarima)

bir vaqtning oʻzida 1-jadvalda keltirilgan barcha mezonlar bajarilgan holatda 20% miqdorida

bir vaqtning oʻzida 1-jadvalda keltirilgan barcha mezonlar bajarilmagan holatda 20% miqdorida

 

1-jadvalda keltirilgan ikkita mezon bajarilgan holatda 10% miqdorida

 

1-jadvalda keltirilgan ikkita mezon bajarilmagan holatda 10% miqdorida

 

Mezonlarning hisob-kitobi tegishli hisobot choragi uchun amalga oshiriladi. 1- jadvalda keltirilgan barcha mezonlar bajarilganligi uchun tegishli byudjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan hududiy soliq va moliya organlarining mas’ul хodimlariga har chorak yakuni boʻyicha lavozim maoshining 50%igacha miqdorda mukofot toʻlanadi. Jarimalar MK 182-moddasi tartibida qoʻllaniladi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

 

 Oleg Zamanov,

ekspertimiz.