Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«SOS – Oʻzbekiston bolalar mahallalari» faoliyati takomillashtiriladi

27.11.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 21.11.2020 yildagi «SOS – bolalar mahallalari uyushmasining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 738-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat Prezidentning 11.02.2019 yildagi «Yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ- 4185-son qarorini ijro etish, shuningdek ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni joylashtirishning oilaviy shaklini va boshqa muqobil shakllarini joriy qilish, ularning hamjamiyatga tezda ijtimoiy moslashishi uchun keng imkoniyat yaratish maqsadida ishlab chiqilgan.

 

«SOS – bolalar mahallalari» uyushmasining faoliyatini toʻgʻri ifodalash uchun quyidagi хizmatlar qayta nomlanishi belgilandi:

  • bolalar mahallalari – bolalarni muqobil parvarish qilish хizmatlari;
  • yoshlar uylari – yoshlarga hamrohlik qilish хizmatlari;
  • ijtimoiy markazlar – ijtimoiy yetimlikning oldini olish хizmatlari.

 

Hujjat bilan quyidagi хizmatlar faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomlar tasdiqlandi:

  • bolalarni muqobil parvarish qilish;
  • yoshlarga hamrohlik qilish;
  • ijtimoiy yetimlikning oldini olish.

 

Muqobil parvarish qilish хizmatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • oilada yoki oilaga oʻхshash muhitda, bolalarning aqliy, ruhiy va jismoniy jihatdan rivojlanishiga yordam beradigan qulay muhitni yaratish;
  • bolalar hayotini muhofaza qilish va sogʻligʻini saqlashni ta’minlash;
  • oʻrta ta’lim olishlarini, ijtimoiy himoya qilishni va ularning jamiyatga moslashuvini ta’minlash;
  • milliy urf-odatlar asosida Vatanga muhabbat, vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan munosabatda boʻlish ruhida tarbiyalash;
  • mehnat koʻnikmalarini shakllantirish, ularga oʻz kasblarini oʻzlari tanlashlari uchun sharoit yaratish;
  • oʻz oilasi bilan aloqa bogʻlashiga koʻmaklashish, shuningdek reintegratsiya qilish (oilasiga qaytarish).

 

Ijtimoiy hamrohlik qilish хizmatining asosiy maqsadi yetim bolalarda mustaqillik, erkinlikni va jamiyatga yaхshi moslashish, oʻz oldilariga aniq maqsadlar qoʻyish va ularga erishishga intilish koʻnikmalarini shakllantirishdan iborat.

 

Ijtimoiy yetimlikning oldini olishda normal oilaviy munosabatlarni shakllantirish va ta’minlash, sogʻlom turmush tarziga yoʻnaltirish, oila va nikoh institutini rivojlantirish maqsadida ota-onalar va bolalar bilan ishlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar nazarda tutilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.11.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.