Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda bir qator tovarlar va хizmatlarni realizatsiya qilishda naqd pul bilan hisob-kitob qilish taqiqlanadi: PF-246-son Farmonning toʻliq sharhi 1S:Buхgalteriya 8.3 dasturida valyuta oldi-sotdisi operatsiyalari qanday aks ettiriladi Yakka tartibdagi tadbirkor soliq solish tizimini qanday oʻzgartirishi mumkin – Buxgalter Pro

Sotilmagan munitsipal ob’yektlar ijaraga beriladi

04.07.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 30.06.2025 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi 400-son qarori qabul qilindi.

 

Xususan, Davlat koʻchmas mulk ob’yektlarini sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizom savdolarda sotilmagan munitsipal koʻchmas mulk ob’yektlarini tasarruf etish tartibini belgilaydigan yangi boʻlim bilan toʻldirildi.

 

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga tegishli boʻlgan (Nukus, viloyat va tuman markazlari, shuningdek Toshkent tumanlari ob’yektlaridan tashqari) hududi 10 ming m² dan oshmagan, baholangan qiymati BHMning 5 ming baravari miqdoridan oshmagan munitsipal koʻchmas mulk ob’yektlari 6 oy davomida sotilmaganda tadbirkorlik sub’yektlariga toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga beriladi.

 

Bunda ijara muddati 10 yilni, ijara toʻlovi stavkasi esa eng kam miqdorni tashkil etadi. Oʻz navbatida tadbirkorlik sub’yekti 2 yil davomida ishlab chiqarish, хizmat koʻrsatish va servis sohalarida yangi loyihalarni ishga tushirishi va yangi ish oʻrinlarini yaratishi kerak.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.07.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev