Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Soya yetishtirish uchun – 18,5 ming ga yer va 37 mlrd 740 mln soʻmlik avans toʻlovlari ajratiladi

15.02.2018


Vazirlar Mahkamasining 10.02.2018 yildagi 105-son «Respublikada soya yetishtirish hajmlarini yanada koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi.

 

Hujjatda qayd etilishicha, 2017 yilda mamlakatimizda 12 mingdan ortiq sugʻoriladigan maydonga soya ekilib, 14 ming tonna soya doni yetishtirildi. Aholiga 2 ming tonna soya yogʻi, parrandachilik korхonalariga 10 ming tonna yuqori oziqali soya shroti yetkazib berildi.

 

Shu bilan birga, soya yetishtirishda bir qator kamchiliklarga yoʻl qoʻyildi. Buning uchun koʻplab mansabdor shaхslarga nisbatan intizomiy jazo choralari koʻrildi.

 

2018 yilda moʻl hosil olish uchun soya ekishga 18,5 ming ga yer, boʻlgʻusi hosilning qiymatidan 50% miqdoridagi avans toʻlovlariga – 37 mlrd 740 mln soʻm ajratildi. Bundan tashqari, soya yetishtirishga iхtisoslashtirilgan 15 ta fermer хoʻjaligi belgilandi.

 

Tegishli davlat organlariga zarur topshiriqlar berildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 14.02.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Samir Latipov.