Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sport hakamlari yomon ish uchun chetlashtiriladi

03.11.2017

Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining qarori (roʻyхat raqami 2942, 2017 yil 27 oktyabr) bilan yangi Sport hakamlari va ularning malaka toifalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Ilgari amalda boʻlgan Sport hakamlari va sport hakamlarining malaka toifalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyхat raqami 2761, 2016 yil 5 fevral) oʻz kuchini yoʻqotdi.

 

Yangi Nizomda sport hakami oʻz majburiyatlarini bajarmaganda yoki lozim darajada bajarmaganda unga nisbatan qoʻllaniladigan choralar qat’iylashtirildi.

 

Ilgari bunday hollarda quyidagi choralar qoʻllanilishi mumkin edi:

  • sport musobaqasi hakamligidan chetlashtirish (sport musobaqasi tashkilotchisi tomonidan);
  • toifani pasaytirish yoki undan mahrum etish haqida ogohlantirish (vakolatli organ tomonidan);
  • toifani pasaytirish (vakolatli organ tomonidan);
  • toifadan mahrum etish (vakolatli organ tomonidan).

 

Endilikda hakamlarga nisbatan yagona chora qoʻllaniladi – ular sport federatsiyalari (uyushmalari)ning sport hakamlari hay’atlari tomonidan sport hakamligidan butunlay yoki vaqtincha chetlashtiriladi.

 

Bundan tashqari Endilikda “Birinchi toifali sport hakami” (shu jumladan, sportning teхnik va amaliy turlari boʻyicha) toifasi, tegishlicha, Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining hududiy organlari tomonidan beriladi. Ilgari ushbu toifa, tegishlicha, Madaniyat va sport ishlari vazirligi (qoʻmitadan avvalgi idora) Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining oʻzi tomonidan berilardi.

 

Yangi Nizomda belgilanishicha, “Milliy toifali sport hakami” toifasini olishdan oldin “Xalqaro toifali sport hakami” toifasini qoʻlga kiritgan sport hakamining toifasi “Milliy toifali sport hakami” toifasidagi hakam hisoblanadi.

 

Endilikda “Milliy toifali sport hakami” toifasini olishdan oldin “Birinchi toifali sport hakami” toifasi berilganiga kamida 2 yil (ilgari - 3 yil) oʻtgan boʻlishi lozim.

 

Hujjat davlat tilida e’lon qilindi va 2017 yil 27 oktyabrda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  



 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV

tayyorladi.