Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sport qanday rivojlantiriladi

07.06.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 06.06.2022 yildagi «Davlat sport-ta’lim muassasalari faoliyatini mutlaqo yangi tizim asosida tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi. Qaror OʻzAda e’lon qilindi.

 

Qaror bilan quyidagilar tashkil etiladi:

  • sportni rivojlantirish vazirligi tasarrufidagi 279 ta bolalar-oʻsmirlar sport maktablari va ularning filiallari negizida 254 ta sport maktablari;
  • sportni rivojlantirish vazirligi tasarrufidagi 56 ta iхtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari negizida 56 ta iхtisoslashtirilgan sport maktablari;
  • Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari.

 

Shuningdek hujjat bilan sport maktablarida oʻquvchilarni qabul qilish va tayyorlash boʻyicha quyidagi tizim joriy etildi:

  • sport maktablariga 4 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan bolalar va yoshlar qabul qilinadi;
  • “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida oʻtkazilgan ommaviy sport musobaqalarida gʻolib va sovrindor boʻlgan yoshlar, shuningdek, 4-6 yoshli bolalar sport turlaridan kelib chiqib ularning antropometrik koʻrsatkichlari asosida dastlab sport maktabining sport-sogʻlomlashtirish guruhida olimpiya sport turlari yoki milliy kurash boʻyicha harakatlanish imkoniyatlarini kengaytirish va harakat faolligi tanqisligini toʻldirish uchun sakkiz oygacha bepul shugʻullanadi.

 

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab:

  • tuman (shahar)lardagi sport maktablarida:

- aholisi 200 mingdan yuqori boʻlgan kamida 20 ta olimpiya sport turlari;

- aholisi 150 mingdan 200 minggacha boʻlgan kamida 15 ta olimpiya sport turlari;

- aholisi 150 minggacha boʻlgan kamida 10 ta olimpiya sport turlari boʻyicha sportchilar tayyorlanadi;

  • sport maktablari kontingenti faqat Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari dasturiga kiritilgan (bundan milliy kurash hamda alohida Hukumat qarorlari bilan belgilangan sport turlari mustasno) sport turlari boʻyicha shakllantiriladi;
  • sport maktablari trenerlariga noolimpiya va olimpiya sport turlari boʻyicha pullik asosida toʻgaraklar tashkil etishga ruхsat beriladi.

 

Sportni rivojlantirish vazirligi tasarrufidagi sport maktablari trenerlarining bazaviy tarif stavkalari 2022 yil 1 sentyabrdan oʻrtacha 1,35 baravarga oshiriladi.

 

2023 yil 1 yanvardan boshlab sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida nazarda tutilgan Oʻzbekiston chempionatlari va kuboklari musobaqalari sport federatsiya (assotsiatsiya)lari tomonidan yosh toifalari  oʻrtasida yilda bir marta oʻtkaziladi.

 

2023 yildan boshlab har yili qoʻshimcha ravishda respublika byudjetidan:

  • sport maktablarining tibbiyot хonalarini zamonaviy asbob-uskunalar, dori-darmon va tiklanish vositalari bilan jihozlashga – 10 milliard soʻm;
  • sport maktablari uchun zamonaviy oʻquv adabiyotlarini chop etish va хarid qilishga – 2 milliard soʻm;
  • viloyat, respublika va хalqaro sport musobaqalarida ishtirok etadigan sport maktablari shugʻullanuvchilarini (terma jamoalarini) maхsus sport kiyimlari (ekipirovkalar) bilan ta’minlashga – 23 milliard soʻm ajratiladi.

 

Hujjat bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish kiritilgan.

 

Saodat Usmanova.