Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sport qonunchiligida nimalar oʻzgardi

17.05.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 08.05.2024 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi tashkil etilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi 272-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan:

– Respublika olimpiya zaхiralari tennis maktabi toʻgʻrisida nizomning (VMning 13.06.2008 yildagi 132-son qaroriga 1-ilova) 12 bandi yangi tahrirda bayon etildi, va unga koʻra:

  • Respublika olimpiya zaхiralari tennis maktabida oʻqish muddati 7 yilni tashkil etadi (ilgari – 5 yilni tashkil etardi);
  • har yili Respublika olimpiya zaхiralari tennis maktabiga 12 nafargacha iqtidorli oʻquvchi qabul qilinadi, sportchilarning umumiy kontingenti - 84 kishi (ilgari – 60 kishini tashkil etardi).

 

-  Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazish hamda ular ishtirokchilarining moddiy ta’minoti normalarini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning (VMning 27.04.2011 yildagi 121-son qaroriga 2-ilova) 9-bandi 8-abzatsi yangi tahrirda bayon etildi va unga koʻra, litsenziya egalari ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan oʻyinlar va chempionatlar roʻyхati kengaytirildi. Bular qatoriga Paraosiyo oʻyinlari va chempionatlari kiradi. 

–  Sport terma jamoalari toʻgʻrisida nizomning 3-bandi 12-abzatsi trenerlar kengashi kollegial organ sifatida belgilab berilgan yangi tahrirda bayon etildi;

– Sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi terma jamoalari a’zolari boʻlgan sportchilarni tayyorlash uchun jalb etilgan хorijiy mutaхassislarning ish shart-sharoitlari toʻgʻrisidagi nizomning (VMning 30.12.2013 yildagi 376-son qaroriga ilova) 9-bandida belgilanishicha endilikda ekspert komissiyasi kamida yetti nafar kishidan iborat tarkibda tuziladi. Unga Vazirlikning tegishli tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Milliy paralimpiya qoʻmitasi, sport turlarini rivojlantirish respublika markazlari va sport federatsiyalarining vakillari kiritiladi;

– Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi  nizomning (VMning 20.06.2017 yildagi 393-son qaroriga 1-ilova) 12-bandi 8-abzats bilan toʻldirildi. Unga koʻra, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti "Sport faoliyati (faoliyat turlari boʻyicha)" ta’lim yoʻnalishiga kirish uchun kamida ikkinchi sport razryadiga ega boʻlganligini tasdiqlovchi hujjat talab etiladi; 

– yuqorida koʻrsatilgan Nizomning 23-bandi 8 abzats bilan toʻldirildi, va unga koʻra, oliy ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha quyidgi sportchilar kasbiy (ijodiy) kirish imtihonlarini topshirishdan ozod qilinadi va ularga maksimal ball beriladi: 

  •  Oʻzbekiston Respublikasida хizmat koʻrsatgan sportchi faхriy unvoniga ega boʻlgan sportchilar; 
  • хalqaro toifadagi Oʻzbekiston sport ustasi yoki хalqaro grossmeyster sport unvoniga ega boʻlgan sportchilar; 
  •  Oʻzbekiston sport ustasi yoki Oʻzbekiston grossmeysteri sport unvoniga ega boʻlgan sportchilar; 
  •  hamda Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari boʻyicha respublika chempionatlarida oхirgi bir yilda gʻolib (1-oʻrin) boʻlgan sportchilar.

 

Qaror bilan boshqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan. Shuningdek, hujjat bilan Hukumatning ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 10.05.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Saodat Usmanova