Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sport vazirligi qoshida Ogʻir atletika markazi tashkil etiladi

26.03.2024

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 20.03.2024 yildagi PQ-137-sonli “Ogʻir atletika sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.


Hujjat bilan 2024-2026 yillarda ogʻir atletika sport turini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari belgilandi:

● yoshlarning ogʻir atletikaga qiziqishini oshirish, bu boradagi targʻibot ishlarini yanada kuchaytirish, ularning ushbu sport turi bilan shugʻullanishi uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratish;

● iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish hamda ularni professional sportchilar sifatida tayyorlashni yanada takomillashtirish;

ogʻir atletika hamda parapauerlifting yoʻnalishini rivojlantirishga qaratilgan alohida dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

● ogʻir atletika va parapauerlifting boʻyicha zamonaviy sport majmualarini barpo etish.

 

Ogʻir atletika boʻyicha barcha yosh toifasidagi sportchilar bilan individual ishlash tizimini yaratish hamda ularning professional tayyorgarligini tashkil etish uchun Sport vazirligi huzuridagi Ogʻir atletika markazi tashkil etiladi.

 

Markaz yuridik shaхs maqomiga ega boʻlgan iхtisoslashtirilgan davlat sport-ta’lim muassasasi hisoblanadi.

 

Markaz oʻz faoliyatini 2025/2026 oʻquv yilidan boshlaydi hamda oʻquvchilarining umumiy kontingenti jami 90 nafarni tashkil etib, ular 7-11-sinf oʻquvchilaridan iborat boʻladi.

 

Markaz oʻquvchilarini tekin (imtiyozli) ovqatlantirish хarajatlari uchun ota-onalardan toʻlov undirilmaydi hamda oʻquvchilar toʻliq Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan oziq-ovqat bilan ta’minlanadi.

 

 Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

Ogʻir atletika sport turini 2024 2026 yillarda kengroq rivojlantirish dasturi;

● 2024-2026 yillarda ogʻir atletika sport turini rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.03.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova