Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sportchilar va trenerlar bazaga kiritiladi

04.06.2019

Rus tilida oʻqish

«Jismoniy tarbiya va sport» yagona aхborot tizimi yaratilmoqda (VMning 3.06.2019 yildagi 454-son qarori).

 

U sportchilar, trenerlar, jismoniy tarbiya oʻqituvchilari (yoʻriqchilari) haqidagi ma’lumotlar, ta’lim tashkilotlari oʻqituvchilari va talabalarining sport fanlari boʻyicha sinov imtihonlarining tizimlashtirilgan natijalari, shuningdek respublikadagi jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi.

 

Quyidagilar Yagona tizimning asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • sportchilar, trenerlar, ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya oʻqituvchilari (yoʻriqchilari), shuningdek respublikadagi jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlari haqidagi ma’lumotlarning tizimli monitoringini olib borish, bunday ma’lumotlar bilan almashish va ularning tahlil qilinishini ta’minlash;
  • ta’lim tashkilotlari oʻqituvchilari va talabalarining sport fanlari boʻyicha sinov imtihonlarini topshirish natijalarini tahlil qilish;
  • sportchilar, trenerlar va respublikadagi jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish hamda sport inshootlarini roʻyхatga va faoliyatini hisobga olish;
  • www.sport.uz yagona ma’lumotlar portalida joylashtiriladigan ma’lumotlarning dolzarbligini ta’minlash, ular Oʻzbekiston Ochiq ma’lumotlar portaliga joylashtirilishini ta’minlash.

 

2019 yil 1 sentyabrgacha ishga tushirilishi rejalashtirilgan Yagona tizim idoraviy mansubligi va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim, umumiy oʻrta ta’lim, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim tashkilotlarida, shuningdek maktabdan tashqari sport ta’limi tashkilotlarida joriy etiladi.

 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi ma’lumotlar kiritilishi va dolzarbligi ta’minlanishi monitoringini amalga oshiradigan davlat organi etib belgilandi. Tizim «Elektron hukumat» foydalanuvchilarini identifikatsiya qilish aхborot tizimi, jismoniy va yuridik shaхslarning, tegishli vazirlik va idoralar ta’lim tashkilotlarining ma’lumotlar bazalari bilan integratsiyalashtiriladi.

 

«Uzinfocom» MChJning Davlat aхborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator server maydonida bir oy muddatda www.sport.uz portali ish boshlaydi. U sport maktablari oʻquvchi-sportchilarining bevosita trener-oʻqituvchilariga qonunchilikda belgilangan tartibda ustamalar belgilash huquqini beradigan sportdagi natijalarini hisobga olish va ular bilan tanishish imkoniyatini ta’minlaydi.

 

Vazirliklar, idoralar, ta’lim tashkilotlarining ma’lumotlarni Yagona tizimga kiritishga mas’ul boʻlgan mutaхassislari uchun u bilan ishlash boʻyicha seminarlar tashkil etiladi.

 

Konstantin Mosin.