Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sportni rivojlantirish vazirligining vazifalari belgilandi

23.08.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 22.08.2022 yildagi 465-son qarori bilan Sportni rivojlantirish vazirligi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Nizom Prezidentning “Turizm, madaniy meros va sport sohalarida davlat boshqaruvini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022 yil 18 fevraldagi PF-75-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqildi.

 

Sportni rivojlantirish vazirligi oʻz faoliyatida Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi va sport sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi.

 

Vazirlikning asosiy vazifalaridan biri – Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari, jahon, Osiyo va Paraosiyo chempionatlari va boshqa хalqaro musobaqa va turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlash uchun istiqbolli sportchilarni tayyorlash hisoblanadi.

 

Shuningdek, Vazirlik Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalari va assotsiatsiyalari hamda jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqa nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashadi.

 

Qabul qilingan Nizom quyidagilarni belgilaydi:

  • Vazirlikning maqomi, huquqlari va javobgarligi;
  • funksiyalari, faoliyatini tashkil etish tartibi;
  • Vazirlikni moliyalashtirish va хodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi.

 

Vazirlik tarkibiga quyidagi OTM kiradi:

  • Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning Nukus va Fargʻona filiallari;
  • “Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti” federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasining Samarqand filiali.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.08.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.