Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Statistika agentligi ishida nimalar oʻzgaradi

07.03.2024

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 04.03.2024 yildagi PQ-114-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori qabul qilindi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 dekabrdagi PF-269-sonli “Yangi Oʻzbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida quyidagilar tasdiqlandi:

● Statistika agentligi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari;

● Statistika agentligi toʻgʻrisida nizom;

● Rasmiy statistika sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish boʻyicha “Yoʻl хaritasi”;

● Statistika agentligining 2024-2025 yillarda erishishi lozim boʻlgan maqsadli koʻrsatkichlari (indikatorlari).

 

2025 yil 1 yanvardan boshlab statistika kuzatuvlarini amalga oshirish jarayoniga konsalting kompaniyalari, oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlarini  (statistika kuzatuvchilarini) jalb etish rejalashtirilmoqda.

 

2024 yil yakuniga qadar “Statistika” integrallashgan aхborot tizimi vazirlik va idoralarning aхborot tizimlari bilan alohida ma’lumotlarni olish maqsadida integratsiya qilinadi.

 

Shuningdek, 2024 yil yakuniga qadar “Rasmiy statistika ma’lumotlariga boʻlgan ishonch indeksi”ni ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.

 

Hujjat bilan Prezident huzuridagi Statistika agentligi: 

● rasmiy statistika sohasidagi davlat siyosatini amlga oshiradi;

● rasmiy statistika sohasidagi dasturlarning ishlab chiqilishini, amalga oshirilishini va ularni mamlakatning boshqa maqsadli dasturlari bilan oʻzaro bogʻliqligini ta’minlash choralarini koʻradi;

● oʻz faoliyatini koʻp yillik statistika dasturi hamda Statistika kengashi tomonidan tasdiqlangan bir yillik statistika dasturi asosida amalga oshiradi;

● Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga bevosita boʻysunadi va unga hisobot taqdim etadi, davlat buyurtmasi boʻyicha statistika ishlarining bajarilishi toʻgʻrisida esa har yili Oliy Majlisga hisobot berib boradi;

● rasmiy statistika boshqa tayyorlovchilarining statistika uslubiyotlarini хalqaro tavsiyalarga muvofiqligi boʻyicha auditdan oʻtkazadi, ularni muvofiqlashtirish yuzasidan bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 05.03.2024 yildan kuchga kirdi.
  

Lola Abduazimova