Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Statistika hisobotining yangi shakllari: investitsiyalar va madaniy meros boʻyicha

15.03.2018

 

Davlat statistika qoʻmitasining qarori (roʻyхat raqami 2956-1, 12.03.2018 y.) bilan 2018 yil uchun statistika hisoboti shakllariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Eslatib oʻtamiz, 2018 yil uchun davlat statistika hisobotlari shakllari Davlat statistika qoʻmitasining qarori (roʻyхat raqami 2956, 19.12.2017 y.) bilan tasdiqlangan. Qaysi shakllar chiqarib tashlangani, qaysilari joriy qilingani haqida batafsil – bizning sharhimizda.

 

Hujjat bilan bitta hisobot shakli oʻzgartirildi va ikkita yangi shakl joriy qilindi. Shu tariqa, ularning umumiy soni 103 dan 105 ga yetdi.

 

3-sanoat (choraklik) shakli qayta nomlandiilgari «Tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish toʻgʻrisida hisobot» deyilardi, endi esa «Import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish toʻgʻrisida hisobot» deb nomlandi.

 

Hisobot tarkibi oʻzgarmadi. Xuddi ilgarigidek, u 2 boʻlimdan iborat: mahsulot ishlab chiqarish va mahsulot sotish boʻyicha koʻrsatkichlar. Hisobotni mahalliylashtirish dasturini amalga oshirishda ishtirok etadigan tashkilotlar chorakda bir marta topshiradilar. 

 

Quyidagi hisobot shakllari joriy qilindi:

 

Hisobot nomi

Kimlar taqdim etadi

Taqdim etish davriyligi

1-invest shakli. Oʻzbekiston Respublikasiga investitsiyalar va Oʻzbekiston Respublikasidan chet elga yoʻnaltirilgan investitsiyalar toʻgʻrisida hisobot

Chet el sarmoyasi ishtirokidagi korхonalar

Choraklik

Chet eldan mablagʻ olgan tashkilotlar

Chet elga investitsiyalashni amalga oshiruvchi korхonalar (banklar va boshqa kredit tashkilotlaridan tashqari)

8-madaniyat shakli. Respublikadagi madaniy meros ob’yektlari toʻgʻrisida 2017 yil uchun hisobot 

Moddiy madaniy meros ob’yektlarining balans saqlovchilari

Yillik

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.03.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Lenara Xikmatova.