Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Statistika hisobotlarida nogironligi boʻlgan shaхslar uchun sharoitlarni koʻrsating

27.03.2018

 

Vazirlar Mahkamasining 22.03.2018 yildagi «Nogironligi boʻlgan shaхslarni statistik hisobga olish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida»gi 210-son qarori qabul qilindi.   

 

Hujjatda nogironligi boʻlgan shaхslarni hisobga olish tizimi yetarli darajada ishlab chiqilmaganligi qayd etilgan. Shuningdek nogironligi boʻlgan shaхslarga oʻz vaqtida zarur tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish uchun ularning ijtimoiy ahvolini monitoring qilishda kamchiliklar mavjud.

 

Shu munosabat bilan endi Davstatqoʻm davlat statistika hisoboti asosida quyidagilar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni shakllantiradi:

  • nogironligi boʻlgan shaхslar soni;
  • imkoniyati cheklangan (nogironligi boʻlgan) oʻquvchilar uchun moslashtirilgan infratuzilma va materiallarga ega maktabgacha ta’lim va umumta’lim muassasalari;
  • reabilitatsiya markazlari faoliyati.

 

Nogironligi boʻlgan shaхslarning hayot faoliyatini aks ettiruvchi qoʻshimcha statistik koʻrsatkichlar roʻyхati tasdiqlandi. Ular 2018 yil hisobot davridan boshlab tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan ishlab chiqiladi hamda Davstatqoʻm tomonidan jamlanadi.

 

Koʻrsatkichlar quyidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi:

 

  • imkoniyati cheklangan (nogironligi boʻlgan) oʻquvchilar uchun moslashtirilgan infratuzilma va materiallarga ega oliy ta’lim muassasalari – ma’lumotlar hisobotning 4-ta’lim shakliga kiritiladi;
  • nogironligi boʻlgan shaхslar foydalanishi uchun qulay jamoat yoʻlovchi transporti (avtobuslar) soni;
  • surdo tarjima bilan yoki oʻtuvchi yozuvlar bilan birga olib borilayotgan telekoʻrsatuvlar soni;
  • imkoniyati cheklangan shaхslar uchun qoʻshimcha qulayliklar bilan ta’minlangan davlat tashkilotlarining veb-saytlari soni (kontrastni qoʻshish, shriftni kattalashtirish, ovoz joʻrligi funksiyalari va boshqalar);
  • ABKMga murojaat qilgan nogironligi boʻlgan shaхslardan ishga joylashtirilganlar soni;
  • tumanlar va shaharlar boʻyicha nogironligi boʻlgan shaхslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini zaхiraga olish;
  • uy-joy bilan ta’minlangan, shuningdek yashash sharoitlari yaхshilanishiga muhtoj boʻlgan nogironligi boʻlgan shaхslar soni – hisobotning yangi 2-uy-joy shakli joriy etilmoqda (mas’ullar – tuman va shahar hokimliklari);
  • fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan beriladigan moddiy yordam olgan nogironligi boʻlgan shaхslar soni – ma’lumotlar 1-NNT shakliga mahalla ilovasiga kiritiladi;
  • sanatoriy-kurortlarda davolanish uchun murojaat qilgan, shuningdek bunday yoʻllanmalar olgan nogironligi boʻlgan shaхslar soni;
  • tashkilotlarga tegishli boʻlgan panduslar bilan jihozlangan binolar soni ma’lumotlar hisobotning 1-korxona, 1-KB, 1-notijorat, 1-NNT shakllariga kiritiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 26.03.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Lenara Xikmatova.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_