Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Iqtisodiyot va moliya vazirligi MHMSni qoʻllaydigan tashkilotlar uchun hisobvaraqlar rejasini ishlab chiqdi Kassa modelingiz davlat reyestridan chiqarilgan boʻlsa, uni qancha muddatda almashtirish kerak Bir tomonlama EHF qanday rasmiylashtiriladi

Statistika yanada shaffof boʻladi

10.04.2019

Rus tilida oʻqish

Bu Prezidentning 2019 yil 9 apreldagi qarori bilan belgilangan. Qaror davlatimiz rahbarining rasmiy saytida ilovalarsiz e’lon qilingan. 

 

Hujjat mamlakatimiz nufuzi 
va investitsiyaviy jozibadorligini mustahkamlash, ma’lumotlarning foydalanish uchun ochiqligi darajasini oshirish, fuqarolarni xabardor qilish mexanizmlarini xalqaro darajagacha yetkazishga yoʻnaltirilgan.

 

Buning uchun Davlat statistika qoʻmitasi (bundan keyin – Davstatqoʻm) ochiq ma’lumotlarni (bundan keyin – Roʻyxat) yuritish va yangilash hamda ularni Hukumat portali huzuridagi Ochiq ma’lumotlar portalida oʻz vaqtida aks ettirish boʻyicha davlat organlari va tashkilotlarining muvofiqlashtiruvchisi etib belgilandi.

 

Oʻzbek, rus va ingliz tillaridagi axborot faqat respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining yuqori turuvchi tuzilmalari, shu jumladan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan e’lon qilinadi. Davlat organlari va tashkilotlarida xalqaro reytinglar bilan ishlash va «Elektron hukumat» tizimini joriy etish uchun mas’ul boʻlgan maxsus boʻlinmalar axborotni tayyorlaydilar va Portalga joylashtiradilar.

 

Davstatqoʻmga Portalni rivojlantirish faoliyatini amalga oshirish uchun quyidagi huquqlar beriladi:

  • ma’lumotlar va ularning manbalaridan, shu jumladan ma’lumotlarni shakllantirish va ulardan foydalanish sohasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi lokal va boshqa hujjatlardan foydalanish;
  • Portalni rivojlantirish, shuningdek e’lon qilinayotgan ma’lumotlarga taalluqli masalalar yuzasidan davlat organlari va tashkilotlaridan bepul asosda maslahat yordami olish;
  • shartnoma asosida ekspertlar, maslahatchilar va tashkilotlarni (shu jumladan xorijiy) jalb etish;
  • Portalni takomillashtirish, davlat organlari va tashkilotlarining ochiq ma’lumotlar sohasidagi faoliyatini baholash uchun xalqaro moliya institutlari, donor mamlakatlarning mablagʻlari, grantlarni jalb etish.

 

Qabul qilingan hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Jahon bankining statistika salohiyati indeksi boʻyicha yillik hisobotida Oʻzbekistonning oʻrnini yaxshilash maqsadli koʻrsatkichlari;
  • Portalni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksi;
  • 2020 yildan boshlab Xalqaro byudjet hamjamiyatining Byudjet ochiqligi indeksida Oʻzbekistonning ishtirok etishini ta’minlash boʻyicha «Yoʻl xaritasi»;
  • ma’lumotlarning ochiqlik holatini «Ochiq ma’lumotlar global indeksi» va «Ochiq ma’lumotlar barometri» talablariga muvofiqlashtirishga yoʻnaltirilgan bir qator boshqa chora-tadbirlar.

 

Ma’lumotlarni va ularning egalarini oʻz ichiga olgan yagona reyestrni shakllantirgan holda hisobotlar va ma’lumotlar bazalarining barcha turlarini integratsiyalashni nazarda tutuvchi ma’lumotlarni boshqarish davlat tizimini yaratish boʻyicha «Yoʻl xaritasi»ni ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.

 

Shuningdek 2020 yildan boshlab «Ochiq ma’lumotlar global indeksi» va «Ochiq ma’lumotlar barometri» xalqaro reytinglarida Oʻzbekistonning ishtirok etishini ta’minlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasi qabul qilinadi, Ochiq ma’lumotlar puxtaligi modeli («Open Data Maturity Model») asosida esa natijalari har chorakda Portalda e’lon qilib boriladigan davlat organlarining ochiq ma’lumotlar sohasidagi faoliyatini baholash mexanizmi ishlab chiqiladi.

 

2020–2021 yillarda YuNISEF bilan hamkorlikda Oʻzbekistonda multiindikator klaster kuzatuvlarini oʻtkazish koʻzda tutilgan.

 

Hujjat bilan quyidagilarni ishlab chiqish vazifasi topshirildi:

Konstantin Mosin.