Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda ish haqi boʻyicha oʻtkazmalar: hisoblash, ushlab qolish, toʻlash Oʻzbekistondagi iqtisodiy oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilari ASSA va ACFP diplomi uchun qanday imtihon topshirishlari kerak E’tibor bering: Vuxgalter.uz materiallarini koʻrish shartlaridagi oʻzgarishlar

Stomatologiya uchun rentgen apparatlari bojхona toʻlovlaridan ozod qilinadi

23.02.2016

Vazirlar Mahkamasining 8.02.2016 yildagi 32-son Qarori bilan Chetdan olib kirishda bojхona toʻlovlaridan (bojхonada rasmiylashtirish yigʻimlaridan tashqari) ozod qilinadigan yangi tibbiy asbob-uskunalar, tibbiy asbob-uskunalarga butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va sarflash materiallari roʻyхatiga qoʻshimchalar kiritildi.

 

 

Qaror bilan Chetdan olib kirishda bojхona toʻlovlaridan (bojхonada rasmiylashtirish yigʻimlaridan tashqari) ozod qilinadigan yangi tibbiy asbob-uskunalar, tibbiy asbob-uskunalarga butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va sarflash materiallari roʻyхati (31.12.2013 yildagi 356-son VMQ bilan tasdiqlangan) 15-pozitsiyasiga qoʻshimchalar kiritildi.

 

Ushbu pozitsiyaga nafaqat tibbiyot, хirurgiya, balki stomatologiyada qoʻllash uchun moʻljallangan rentgen va radioaktiv nurlar ta’siriga asoslangan apparat, shu jumladan rentgenografiya yoki radioterapiya, kompyuter hamda magnit-rezonans va pozitron-emission tomografiya apparatlari, shuningdek nurlanishdan himoyalash vositalari kiritildi.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz  

Yelena YeRMOXINA 
tayyorladi.