Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sud instansiyalari zimmasiga ish boʻyicha yakuniy qaror qabul qilish vazifasi yuklatilmoqda

29.12.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 25.12.2023 yildagi «Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-887-son Qonun imzolandi.


Hujjat bilan Fuqarolik protsessual kodeksiga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritlmoqda:

  • sud qarorlarini qayta koʻrib chiqishda taftish instansiyasini joriy etish;
  • yuqori turuvchi sudlar tomonidan bekor qilingan qarorlarni yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudlariga yuborish tartibini bekor qilish;
  • har bir sud instansiyasining zimmasiga ish boʻyicha yakuniy qaror qabul qilish vazifasini yuklatish.

 

Bundan tashqari, sud buyrugʻini bekor qilishni rad etish toʻgʻrisidagi sud ajrimi ustidan хususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.

 

Shuningdek, arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi sudning ajrimi ustidan хususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin. Ajrim bekor qilingan taqdirda, ariza sudga dastlabki murojaat qilingan kunda berilgan deb hisoblanadi.

 

Birinchi instansiya sudining apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrilgan hal qiluv qarori, ajrimi, qarori hamda apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan taftish tartibida shikoyat (protest) berilishi mumkin.

 

Quyidagilar:

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hay’ati;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hay’ati taftish tartibidagi shikoyatlarni (protestlarni) koʻrib chiqadi.

 

Taftish instansiyasi sudi sud hujjatini toʻliq hajmda tekshirib chiqishi shart.

 

Taftish instansiyasi sudi shikoyatni (protestni) taftish tartibida koʻrish natijalari boʻyicha:

  • hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni oʻzgarishsiz qoldirishga;
  • hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni toʻliq yoхud qisman bekor qilishga va yangi hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror qabul qilishga;
  • hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni toʻliq yoki qisman oʻzgartirishga;
  • hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni bekor qilishga va ishni yangidan koʻrish uchun apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudiga yuborishga;
  • hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni toʻliq yoki qisman bekor qilishga va ushbu Kodeksda koʻrsatilgan asoslarga koʻra arizani koʻrmasdan qoldirishga yoхud ish yuritishni toʻliq yoki qisman tugatishga;
  • ayrim sud hujjatlarini bekor qilishga va ish boʻyicha ilgari qabul qilingan sud hujjatlaridan birini oʻz kuchida qoldirishga haqli.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.01.2024 yildan kuchga kiradi.

 

Sobir Nurberdiyev