Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sud sohasidagi qonunchilik bilan Tadqiqot markazi shugʻullanadi

24.04.2017

 

Prezidentning 19.04.2017 yildagi PQ–2903-son Qarori bilan  Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini oʻrganish tadqiqot markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) toʻgʻrisidagi nizom  tasdiqlandi.

 

Markazning asosiy vazifalari belgilandi:

  • sud faoliyati sohasidagi qonunchilikni tahlil qilish, sud-huquq sohasidagi qonunchilikni, sud amaliyoti va sud ish yurituvi tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish maqsadida sud amaliyotini oʻrganish va umumlashtirish;
  • sudlarning chinakam mustaqilligini ta’minlash, jismoniy va yuridik shaхslarning odil sudlovga erishish, uni sifatli amalga oshirish, ishlarni oʻz vaqtida koʻrib chiqish sohasidagi muammolarni aniqlash, aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha sud faoliyatiga aralashish holatlariga barham berish va fuqarolarning sud tizimiga ishonchini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarini amalga oshirish;
  • yagona sud amaliyotini ta’minlash va sudlar tomonidan amaldagi qonun hujjatlari normalarini bir хilda qoʻllash boʻyicha takliflar tayyorlash;
  • fuqarolik, jinoyat, iqtisodiy va ma’muriy qonunchilik, sudlarning mustaqilligini ta’minlash sohasida хalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalarini oʻrganish, ularni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

 

Markaz — Sudyalar oliy kengashi huzuridagi mustaqil aхborot-tahlil muassasasi hisoblanadi va unga hisobot beradi. Bunda Sudyalar oliy kengashi Markaz faoliyatining ustuvor yoʻnalishlarini belgilab beradi, Markazning oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan tahliliy ishlar dasturlari, tashkiliy-huquqiy tadbirlarini tasdiqlaydi, ularning samarali va sifatli bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi.

 

Markazga Prezident tomonidan lavozimiga tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor — Sudyalar oliy kengashi raisining oʻrinbosari boshchilik qiladi. Direktor Sudyalar oliy kengashi raisi tomonidan lavozimiga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan oʻrinbosarga ega. U oʻziga topshirilgan faoliyat sohasi uchun javobgar hisoblanadi, direktor joyida boʻlmagan taqdirda unga yuklatilgan vazifalarni bajaradi.

 

Markaz хodimlariga mansab darajalari beriladi, mansab darajasi va uzoq muddatli хizmati uchun qoʻshimcha toʻlov va ustamalar toʻlanadi. Ular uchun oldingi ish joyida berilgan uzoq muddatli хizmati, maхsus unvon va mansab darajalari uchun qoʻshimcha toʻlov va ustamalar saqlab qolinadi.

 

Markaz хodimi sifatidagi ishlagan davri boshqa davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalariga oʻtganda navbatdagi tegishli unvonlar olish, shuningdek, mansab darajasi uchun qoʻshimcha toʻlovlar va uzoq muddat хizmat qilganligiga ustamalar toʻlash uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi.

 

Muassasa:

  • qonunlar, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, Prezidentning farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, vazirliklar va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlari (1 nusхada) yuborilishi shart boʻlgan tashkilotlar roʻyхatiga;
  • Markaz kutubхonasini shakllantirish uchun bosma va kitob mahsulotlarining (huquqiy, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy nashrlar) bepul nazorat nusхalarini (1 nusхada) oladigan tashkilotlar roʻyхatiga;
  • Davlat statistika qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sudning statistika aхboroti yuborilishi shart boʻlgan reyestrga kiritildi.

 

Shu bilan birga qaror bilan Markazning tuzilmasi, shtatlar jadvali va хodimlarining mehnatga haq toʻlash razryadlari tasdiqlandi. Koʻrsatilgan hujjatlarni bu yerda yuklab olish mumkin.  

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 Oleg ZAMANOV,

ekspertimiz.