Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda ish haqi boʻyicha oʻtkazmalar: hisoblash, ushlab qolish, toʻlash Oʻzbekistondagi iqtisodiy oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilari ASSA va ACFP diplomi uchun qanday imtihon topshirishlari kerak E’tibor bering: Vuxgalter.uz materiallarini koʻrish shartlaridagi oʻzgarishlar

Sudga davlat хizmatlari toʻgʻrisida murojaat qilishda davlat boji pasaytirildi

23.03.2023

Rus tilida oʻqish

Oʻzbekiston Prezidenti tomonidan 17.03.2023 yildagi “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimcha kiritish haqida”gi OʻRQ-824-son Qonun imzolandi. Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2022 yil 25 oktyabrda qabul qilingan va Senat tomonidan 2023 yil 2 martda ma’qullangan.

 

Qonun bilan fuqarolar davlat organlarining va boshqa tashkilotlarning davlat хizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudlarga murojaat qilganda davlat bojini belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida toʻlashi nazarda tutilmoqda.

 

Bunda davlat bojining qolgan qismi qonunda belgilangan tartibda ishni koʻrish natijalari boʻyicha undiriladi.

 

Mazkur Qonunda taklif etilayotgan norma fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari sudda himoya qilinishini ta’minlashga, shuningdek odil sudlovdan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytirishga хizmat qiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.03.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.