Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sudyalar oliy kengashi shakllandi

17.04.2017


Oliy Majlis Senatining 29.03.2017 yildagi qarori va Prezidentning 10.04.2017 yildagi PF-5006-son Farmoni bilan Sudyalar oliy kengashining shaхsiy tarkibi toʻliq shakllantirildi.

 

Eslatib oʻtamiz, Sudyalar oliy kengashi (keyingi oʻrinlarda – Kengash) sudyalar hamjamiyatining organi boʻlib, u sud hokimiyatining mustaqilligi konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta’minlashga koʻmaklashadi (shu jumladan sudyalarning aksariyatini tayinlaydi). Batafsil – bu yerda.

 

Usmonov Maruf Azamovich Kengashning raisi boʻldi. Aripov Dilshod Urinbayevich Kengash raisi oʻrinbosari - Odil sudlov muammolarini oʻrganish tadqiqot markazi direktori etib tasdiqlandi (jamoatchilik asosida), Davletova Karomatjon Xudayberganovna Kengash kotibi etib tasdiqlandi (doimiy asosda).

 

Shuningdek, 11 nafar sudya oʻz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi Kengash a’zolari etib tasdiqlandi. Kengashga jamoatchilik asosida  Prezident Devoni, Qonunchilik palatasi, Sudyalar assotsiatsiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi va Adliya vazirligidan bittadan vakil kirdi.

 

Kengashda jami 21 nafar a’zo bor.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Samir LATIPOV.