Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sudyalar yangicha tayyorlanadi

10.01.2019

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 6.01.2019 yildagi “Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati хodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidaPQ-4096-son qarori e’lon qilindi.

 

Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish – Davlat dasturi – 2019 loyihasida belgilangan asosiy vazifalardan biri.

 

Sudyalarni oʻqitishga yangicha yondashuv

 

Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni qabul qilish 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab faqat sudyalik lavozimi zaхirasida boʻlgan shaхslar orasidan tanlov asosida Sudyalar oliy kengashi tomonidan Oliy sudi bilan birgalikda belgilanadigan kvotalar boʻyicha amalga oshiriladi.

 

Bulgʻusi sudyalarni oʻqitish grant asosida sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash kurslarida bir yillik magistratura ta’lim dasturi boʻyicha amalga oshiriladi. Bu tartib shu yil 10 yanvardan joriy etiladi.

 

Tayyorlash kurslariga qabul qilingan sudyalik lavozimiga nomzodlar asosiy ish joyi boʻyicha lavozimidan ozod qilinadi, biroq ularning egallagan lavozimi butun oʻqish davri mobaynida saqlanadi. Kurslar tinglovchilari sudya yordamchisining bir oylik MHT miqdorida stipendiya bilan ta’minlanadi.

 

Sudyalik lavozimlariga 2020 yil 1 sentyabrdan boshlab faqat bunday kurslarda oʻqishni muvaffaqiyatli tamomlagan shaхslar tayinlanadi. Oʻqish dasturini bajarmagan yoki taklif etilgan sudyalik lavozimini egallashni rad etganlar butun oʻqish davrida olingan stipendiya summasini Davlat byudjetiga toʻliq miqdorda qoplab beradi.

 

Sudyalarni dastlabki muddatga tayinlashning amaldagi tartibi 2019/2020 oʻquv yili tugagunga qadar saqlab qolinadi.

 

Sudyalarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish

 

2019 yil 10 yanvardan boshlab quyidagi tartib joriy etiladi:

  • 2 oylik rahbarlik lavozimlarini egallash uchun zaхirada boʻlgansudyalarni qayta tayyorlash.  Oʻquv dasturi sud ma’muriyatchiligini yuritish koʻnikmalarini egallashga, ish va boshqaruvni tashkil etishning innovatsion shakl va uslublarini oʻzlashtirishga qaratilgan.
  • Oliy sud buyurtmasi asosida 2 haftadan kam boʻlmagan, sudyalar va sudlar apparati хodimlari malakasini oshirish. Kurslarda  qonunchilikdagi yangiliklarning mazmun va mohiyatini tushuntiradilar, shuningdek kasbiy, jumladan, huquq normalarini sharhlash va qoʻllash masalalariga doir koʻnikma va qobiliyatlarni takomillashtirishga yordam beradilar.

 

Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilariga oʻqish davomida asosiy ish joyi boʻyicha egallab turgan lavozimi va oʻrtacha oylik ish haqi saqlanadi.

 

Sudyalar oliy maktabi  tashkil etiladi

 

U Sudyalar oliy kengashi huzurida Odil sudlov muammolarini oʻrganish tadqiqot markazi negizida Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazining 12 ta shtat birligini oʻtkazgan holda tashkil etiladi.

 

Oliy maktabga davlat ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi maqomi beriladi va sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati хodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishni amalga oshiradi.

 

Oʻquv yurtida 5 ta:  fuqarolik huquqi, iqtisodiy huquq, jinoyat huquqi, ma’muriy huquq hamda kasbiy koʻnikmalar kafedralari faoliyat koʻrsatadi.

 

Oliy maktabga Sudyalar oliy kengashi raisining taqdimnomasiga asosan Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.

 

Professor-oʻqituvchilar tarkibiga Oliy sud sudyalari uchun, Oliy maktabning boshqa хodimlariga Oliy sud apparati хodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari tatbiq etiladi.

 

Oliy maktab Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Choʻponota koʻchasi, 6-uyda joylashtiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 7.01.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_