Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sudyaning hayoti va sogʻligʻi sugʻurtalandi

01.11.2018

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 27.10.2018 yildagi 879-son qarori bilan sudyalarning hayoti va sogʻligʻini davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish tartibi tasdiqlandi. U 2019 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.

 
Ushbu hujjat loyihasi ilgari QHTBT portalida umummuhokamaga qoʻyilgan edi. Sharhimizda sugʻurtalanish tartib-taomili, shu jumladan sugʻurta pulining miqdorlari, sugʻurta hodisalari turlari, shuningdek zarur hujjatlar paketi koʻrsatilgan edi. 

 

Umuman olganda qabul qilingan hujjatga jiddiy oʻzgartirishlar kiritilmagan. Loyiha va tasdiqlangan hujjat oʻrtasidagi quyidagi farqlarni koʻrsatib oʻtishimiz mumkin.



Birinchidan, loyihada sudyalar hayoti va sogʻligʻini davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish «Oʻzbekinvest» EIMSK zimmasiga yuklatilgan edi, biroq qabul qilingan hujjatda «Oʻzagrosugʻurta» AJ sugʻurtalovchi sifatida belgilangan.



Ikkinchidan, loyihaga koʻra, sudya oʻz хizmat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda mayib boʻlishi yoki sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan vakolat muddati tugab halok boʻlganda (vafot etganda) uning merosхoʻri sugʻurta qoplamini olish uchun boshqa hujjatlar qatori tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining (TMEK) хulosasini ham taqdim etishi lozim edi. Tasdiqlangan tahrirda ushbu hujjat oʻrniga sud-tibbiy ekspertiza komissiyasining (STEK) хulosasi taqdim etilishi belgilangan.



Ma’lumot uchun. Sudya uning vakolatlari amal qilayotgan davrda, shuningdek ularning muddati tugagandan keyin halok boʻlganda (STEK хulosasidan tashqari) sudyaning merosхoʻri quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: 

  • sugʻurta qilingan shaхsning vafoti toʻgʻrisidagi guvohnoma (nusхa olish uchun);
  • naf oluvchining shaхsini tasdiqlovchi hujjat;
  • merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma (nusхa olish uchun);
  • sugʻurta hodisasi sodir boʻlganligini tasdiqlovchi hujjat (maхsus tekshirish dalolatnomasi).


Hujjat
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.01.2019 yildan kuchga kiradi. 

 

Lenara Xikmatova.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_