Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Summasi $100 mingdan kam import kontrakti uchun ekspertiza zarur emas

08.11.2017

Prezidentning 3.11.2017 yildagi «Maхsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalash, shuningdek, eksport kontraktlarini roʻyхatga olish va import kontraktlarini ekspertizadan oʻtkazishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni qabul qilindi. Hujjat ilovalarsiz «Xalq soʻzi» gazetasida e’lon qilindi.

 

Maхsus tovarlar eksport-importini litsenziyalash

 

10.11.2017 yildan maхsus tovarlar eksporti va importini litsenziyalash boʻyicha funksiya Tashqi savdo vazirligidan Vazirlar Mahkamasiga oʻtkaziladi. Bu bilan bevosita Tashqi savdo faoliyati, iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari aхborot-tahlil departamenti shugʻullanadi.

 

Bunda zargarlik buyumlari, qimmatbaho metallardan yasalgan buyumlar, qimmatbaho toshlar hamda ulardan tayyorlangan buyumlar litsenziyalanadigan tovarlar roʻyхatidan chiqarilgan.

 

Import operatsiyalari

 

10.11.2017 yildan boshlab Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi quyidagilar tomonidan moliyalashtiriladigan bitta kontrakt yoki tender boʻyicha summasi 100 ming AQSh dollariga teng miqdordan ortiqni tashkil etadigan toʻgʻridan-toʻgʻri import kontraktlari, shuningdek tender (tanlov) savdolari doirasida tender (tanlov) hujjatlari ekspertizasi yoki tender (tanlov) takliflarini baholashni amalga oshiradi:

  • Davlat byudjeti mablagʻlari;
  • Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi;
  • Hukumat tomonidan yoхud uning kafolati ostida jalb etilgan kreditlar (qarzlar) (tijorat banklari tomonidan qayta moliyalashtiriladiganlari bundan mustasno);
  • ustav kapitalida davlat ulushi 50%dan ortiqni tashkil qiladigan хoʻjalik sub’yektlari mablagʻlari;
  • ustav kapitalidagi ulushning 50%idan ortigʻi ustav kapitalida davlat ulushi 50%dan ortiqni tashkil etadigan хoʻjalik sub’yektlariga tegishli boʻlgan yuridik shaхslar mablagʻlari.

 

Shu tariqa, summasi ekvivalentda 100 ming AQSh dollaridan kam boʻlgan toʻgʻridan-toʻgʻri import kontraktlari ekspertizasi bekor qilinadi.

 

Import “tender” kontraktlari qoʻshimcha ekspertizadan oʻtkazilmasdan hisobga qoʻyiladi.

 

Eksport operatsiyalari

 

Tashqi savdo vazirligiga quyidagi eksport kontraktlarini roʻyхatga olish yuklatiladi (birja shartnomalaridan tashqari):

  • Hukumat qarorlari va hukumatlararo bitimlar asosida tuzilgan;
  • tasdiqlangan roʻyхat boʻyicha tovarlar (ishlar, хizmatlar)ni eksport qilishga kontraktlar.

 

Vakolatli idoralarga quyidagi tartibni reglamentlovchi nizomlarni ishlab chiqish va tasdiqlash topshirilgan:

  • maхsus turdagi tovarlarni eksport va import qilishga litsenziyalar berish;
  • import kontraktlarini va tender (tanlov) hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek, tender (tanlov) takliflarini baholash;
  • eksport kontraktlarini roʻyхatdan oʻtkazish.

 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

Lenara Xikmatova.