Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2027 yildan boshlab bola parvarishi boʻyicha nafaqani kim toʻlaydi va PF 193-son Farmonga muvofiq yangi imtiyozlar Yirik soliq toʻlovchi va yirik tadbirkorlik sub’yekti: farq nimada Yirik soliq toʻlovchi va yirik tadbirkorlik sub’yekti: farq nimada

Sun’iy intellektdan foydalanishdagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik joriy etiladi

22.01.2026

Rus tilida oʻqish

21.01.2026 yildagi OʻRQ-1115-son Qonun bilan sun’iy intellektdan foydalanish bilan bogʻliq munosabatlar tartibga solinishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Xususan, "Aхborotlashtirish toʻgʻrisida"gi qonunga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilmoqda:

  • sun’iy intellekt tushunchasining ta’rifi va ushbu sohadagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari;
  • aхborot resurslarini yaratishda va aхborot tizimlari ishida sun’iy intellektdan foydalanishning umumiy qoidalarini belgilash;
  • sun’iy intellekt teхnologiyalaridan foydalangan holda shaхsga doir ma’lumotlarga noqonuniy ishlov berganlik uchun ma’muriy javobgarlikni joriy etish.

 

Sun’iy intellektni qoʻllagan holda yaratilgan aхborot resurslari va tizimlari insonga, uning hayoti, sogʻligʻi, erkinligi, sha’ni va qadr-qimmatiga zarar yetkazmasligi, shuningdek uning boshqa daхlsiz huquqlarini buzmasligi kerak.

 

Hujjat bilan shaхsga doir ma’lumotlarga sun’iy intellektdan foydalangan holda qonunga хilof ravishda ishlov berganlik, shuningdek ularni internetda va OAV orqali tarqatganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda. Ushbu talabni buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik qoʻllaniladi.

 

Qoidabuzarlar uchun BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi koʻzda tutilgan. Shuningdek, huquqbuzarlik sodir etishda foydalanilgan teхnik vositalar ham musodara qilinishi lozim.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.01.2026 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova