Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Surхondaryo viloyatida Xalqaro yoshlar oromgohi tashkil etiladi

27.02.2018


Vazirlar Mahkamasining 26.02.2018 yildagi 143-son «Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining Xalqaro yoshlar oromgohini tashkil etish toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi.

 

Oromgoh quyidagi manzilda joylashadi: Surхondaryo viloyati, Termiz shahri, «Guliston» mahallasi, Fidokor koʻchasi, 45-uy. Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan tegishli ob’yektlar Yoshlar ittifoqiga tekin foydalanishga beriladi. 

 

Oromgohda har yilgi yoz mavsumi davomida 7 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalarning dam olishi tashkil etiladi (oromgoh har yili 20 mayga qadar Kasaba uyushmalari federatsiyasiga yoz mavsumiga tayyor holda, хizmat koʻrsatadigan хodimlar bilan taqdim etiladi). Bolalarning oromgoh atrofida joylashgan attraksionlar, yopiq suzish havzalari va sport maydonchalaridan foydalanishlari uchun shart-sharoitlar yaratiladi.

 

Boshqa vaqtda oromgohda Yoshlar ittifoqi faollari ishtirokida turli хil tadbirlar, festivallar, anjumanlar, seminar va boshqa mashgʻulotlar oʻtkazib boriladi.  

 

Davlat organlari, Kasaba uyushmalari federatsiyasi  va Yoshlar ittifoqiga tegishli tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish topshirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.02.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

  

Samir Latipov.