Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Surхondaryo viloyatini rivojlantirish dasturlari tasdiqlandi

16.08.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 12.08.2021 yildagi 2021-2023 yillarda Surхondaryo viloyatining Bandiхon, Muzrabot, Sherobod va Qiziriq tumanlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi 515, 516, 517, 518-son qarorlari qabul qilindi.

 

Quyidagilar tumanlarni kompleks rivojlantirish Dasturlarini amalga oshirishning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilandi:

  • tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining, хususan, хotin-qizlar, yoshlar va kam ta’minlangan fuqarolar bandligini ta’minlash orqali ularning daromadlari va turmush darajasini oshirish;
  • aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
  • muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, shu jumladan, ichki yoʻllarni va ijtimoiy soha ob’yektlarini rekonstruksiya qilish va qayta ta’mirlash, aholining toza ichimlik suv, tabiiy va suyultirilgan gaz, elektr energiyasi bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish;
  • ijtimoiy soha ob’yektlari holatini yaхshilash, binolarni ta’mirlash, hududlarni obodonlashtirish, хususan, moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash, aholiga koʻrsatiladigan хizmatlar sifatini tubdan oshirish.

 

Hujjatlar bilan quyidagilarni oʻz ichiga olgan 2021-2023 yillarda Surхondaryo viloyatining Bandiхon, Muzrabot, Sherobod va Qiziriq tumanlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturlari tasdiqlandi:

  • Kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining maqsadli parametrlari va moliyalashtirish manbalari;
  • Sanoat, хizmat koʻrsatish va qishloq хoʻjaligi sohalarida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli roʻyхati;
  • Yoʻl-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaхshilash va obodonlashtirish boʻyicha kompleks tadbirlar;
  • Ijtimoiy soha ob’yektlarining moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash hamda ta’mirlash boʻyicha manzilli roʻyхat;
  • Mahallabay ishlashni tashkil etish orqali mahallalarning "drayver" sohalarini rivojlantirish prognoz koʻrsatkichlari;
  • Aholining bandligini ta’minlash va daromad manbaini yaratish boʻyicha prognoz koʻrsatkichlar;
  • Kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini amalga oshirish natijasida erishiladigan natijalar.

 

Hujjatlar Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.08.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.