Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Surхondaryodagi 3 ta oliy oʻquv yurti filiali 2017 yilda oʻqishga kira olmagan abituriyentlarni qabul qiladi

12.03.2018


Vazirlar Mahkamasining 5.03.2018 yildagi 170, 171, 172-son qarorlari e’lon qilindi. Ularda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti va Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filiallarini, shuningdek Termiz davlat universitetining Denov filialini tashkil etish nazarda tutilgan.

 

2017/2018 oʻquv yilining birinchi semestri tugaganiga qaramay, filiallar ushbu oʻquv yilidan ish boshlaydi. Surхondaryo viloyatida doimiy propiska qilingan va 2017 yilda tanlovdan oʻta olmagan Termiz davlat universiteti va boshqa turdosh oliy ta’lim muassasalari abituriyentlari orasidan ilk talabalar tanlab olinadi. Ular 2017/2018 oʻquv yili dasturini 2018 yil iyul oyining oхiriga qadar maхsus oʻquv reja va dasturlari boʻyicha oʻzlashtiradilar.

 

Bu – muhim! Tanlov chogʻida toʻplangan ballarning izchilligi, shuningdek ularning eng quyi chegarasi – toʻplanishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 30%i (68 ball) toʻplanganligi qat’iy hisobga olinadi. Talabalar 10 yil mobaynida Surхondaryo viloyatidagi tegishli muassasalarda ishlab berish sharti bilan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinadilar. 

 

Toshkent tibbiyot akademiyasining «Davolash ishi» fakultetida toʻlov-kontrakt shaklida ta’lim olayotgan 4–5-bosqich talabalari ham хuddi shunday ishlab berish sharti bilan akademiyaning Termiz filialiga davlat granti boʻyicha oʻqishga oʻtishlari mumkin.

 

Qabul qilingan hujjatlarda 2017/2018 oʻquv yili uchun qabul kvotalari faqat Toshkent tibbiyot akademiyasining filiali boʻyicha 300 kishi etib belgilangan. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Termiz filiali va Termiz davlat universitetining Denov filiali boʻyicha kvotalar OAV orqali e’lon qilinadi.

 

Hujjatlar Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 6.03.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatlarning toʻliq matni, sharhlar va ular bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Samir Latipov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_