Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Qishloq хoʻjaligi mahsulotlari koʻrinishidagi moddiy yordam: QQS qachon yuzaga keladi va chegirma huquqi qachon yoʻqotiladi Ta’sischilar chiqib ketishida olingan asosiy vositalar qanday hisobga olinadi – Buxgalter Pro

Soʻrovlarni elektron shaklda yuborish mumkin

04.01.2016

Endilikda aхborot olish uchun soʻrovlarni aхborot tizimi orqali ogʻzaki, yozma va elektron shaklda berish mumkin. Bu 29.12.2015 yildagi OʻRQ-396-son Qonun bilan “Aхborot olish kafolatlari va erkinligi toʻgʻrisida” 24.04.1997 yildagi 400–I-son va “Aхborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻgʻrisida” 29.12.2002 yildagi 439–II-son qonunlarga kiritilgan oʻzgartirishlar bilan belgilangan.

 

Yozma soʻrovda elektron manzilni koʻrsatish murojaat qiluvchining javobni aхborot tizimi orqali elektron shaklda qabul qilishga roziligi hisoblanadi.

 

Yozma soʻrovga, shu jumladan elektron hujjat shaklida joʻnatilgan soʻrovga eng qisqa muddatda, biroq soʻrov qabul qilingan kundan boshlab 15 kundan kechiktirmay javob berish zarur, basharti qonunchilikda boshqacha belgilanmagan boʻlsa.

 

Oʻzgartirishlar “Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Qonun kuchga kirgan kundan, ya’ni 2016 yil 10 iyundan amalga kiritiladi.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz

Yelena YeRMOXINA

tayyorladi.