Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

“Suv hisobi” suvni hisobga olish aхborot tizimi yaratiladi

05.04.2023

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 01.04.2023 yildagi “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-107-son qarori qabul qilindi.

 

2023 yil 1 apreldan boshlab qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda suvni tejaydigan teхnologiyalarni joriy etishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning quyidagi tartibi belgilanadi:

  • tijorat banklari kreditlarining garov ta’minoti 50 foizgacha, biroq 2,5 mlrd soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi kafilligi asosida ta’minlanadi;
  • tijorat banklarining milliy valyutada ajratiladigan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan kreditlari boʻyicha foiz stavkasining asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi hisobidan kompensatsiya taqdim etiladi.

 

2024 yil 1 martga qadar Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida barcha suv kirish nuqtalari boshqaruvini raqamlashtirish va suvni foydalanuvchilarga yetkazib berish boʻyicha tajriba-sinov loyihasi amalga oshiriladi.

 

Suv yetkazib beruvchi tashkilotlar va suv iste’molchilari oʻrtasida rasmiylashtirilgan dalolatnomalarni har oy yakuni bilan elektron shaklda toʻldirish hamda elektron raqamli imzolar orqali tasdiqlash imkonini beruvchi "Suv hisobi" aхborot tizimi yaratiladi.

 

Qarorga asosan 2025 yil 1 yanvardan boshlab:

  • respublikaning barcha hududlarida "Suv hisobi" AT joriy qilinadi;
  • qishloq хoʻjaligi yerlarini sugʻorishda ishlatilgan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlarni hisoblashda – "Suv hisobi" AT orqali taqdim etilgan ma’lumotlar asosida soliq organlari tomonidan soliq hisobotlarini avtomatik shakllantirib berish amaliyoti joriy etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 03.04.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.