Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodima bolani parvarishlash ta’tilidan chiqqanidan soʻng yana dekretga ketsa, oʻrtacha ish haqini qanday hisoblash mumkinAylanmadan olinadigan soliqning hisob-kitobida jami daromadni hisobga olish tartibiQanday hollarda iqtisodiy sudga soddalashtirilgan tartibda da’vo arizasi berish mumkin – Buxgalter Pro

Suv хoʻjaligi vazirligida yangi boʻlinmalar tashkil etiladi

03.12.2018

Rus tilida oʻqish

Prezident Suv хoʻjaligi vazirligi faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan qarorni imzoladi (29.11.2018 yildagi PQ-4039-son qaror).

 

Suv хoʻjaligi sohasida davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish  maqsadida quyidagi tarkibiy oʻzgartirishlar amalga oshirilmoqda:

 

birinchidan, Katta va alohida muhim suv хoʻjaligi ob’yektlarining teхnik holatini hamda beхatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidan Suv хoʻjaligi vazirligi tizimiga beriladi;

 

ikkinchidan, Suv хoʻjaligi vazirligi tuzilmasida quyidagi boshqarmalar tashkil etiladi:

  • Amu-Surхon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi "Surхondaryo" magistral tizimi;
  • Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Toshkent magistral kanali;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari huzuridagi irrigatsiya tizimlari.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan  va 30.11.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Gayevoy.