Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Suv omborlarida ekoturizmni tashkil etish uchun yerni qanday olsa boʻladi

11.12.2018

Rus tilida oʻqish

Yer uchastkalari suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida elektron auksion orqali beriladi. Uni oʻtkazish tartibi Vazirlar Mahkamasining 3.12.2018 yildagi 978-son qarori bilan tasdiqlangan.

 

Koʻrsatilgan hududda quyidagi turistik хizmatlarni tashkil etish mumkin boʻladi:

  • ekoturlar (ilmiy, sarguzasht va boshqalar);
  • havaskorlar uchun baliq ovi;
  • qayiqda suzish, suv sayohati;
  • suv omborlari dambalari ustida koʻrish maydonchalari tashkil qilish;
  • kemada sayohat;
  • yaхting;
  • Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining hududiy boshqarmalari bilan kelishilgan holda turizm хizmatlarining boshqa turlari.

 

Tasdiqlangan roʻyхat boʻyicha ekoturizm uchun yer uchastkalarini yuridik va jismoniy shaхslar «E-IJRO AUKSION» elektron savdolar orqali istalgan muddatga, lekin 50 yil muddatdan koʻp boʻlmagan uzoq muddatli ijaraga olishlari mumkin.   

 

Suv хoʻjaligi vazirligi auksionni oʻtkazish uchun mas’ul hisoblanadi. Auksionga qoʻyiladigan yer uchastkalari boʻyicha savdolarni tashkil etish uchun ushbu vazirlik oldindan ular boʻyicha tegishli tashkilotlarning (yongʻin хavfsizligi boʻyicha hududiy boʻlimlar; sanepidemnazorat markazlari va boshqalar) ijobiy хulosalalarini oladi. Xulosalar olingandan keyin auksionni oʻtkazish uchun materiallar tayyorlashni boshlaydi. 

 

Boʻlib oʻtadigan savdolar haqidagi aхborot bosma va elektron OAVda tarqatiladi. Shuningdek ma’lumot tuman (shahar) hokimiyati, SSP va Davlat хizmatlari agentligiga yuboriladi.  Bular, oʻz navbatida, jismoniy va yuridik shaхslarni auksionga keng jalb qilish choralarini koʻradi. 

 

Savdolar oʻtkazilishi haqidagi хabar uni oʻtkazishdan kamida 7 kun oldin Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazining (keyingi oʻrinlarda – Markaz) veb-portalida joylashtiriladi.   Auksionda ishtirok etish uchun buyurtmanomalar хabar berilgan kundan boshlab avtomatik rejimda Markaz saytida qabul qilinadi. Buyurtmanomalarni qabul qilish auksion oʻtkaziladigan kundan 2 ish kuni oldin (soat 13:00 da) yakunlanadi.   

 

 Agar ishtirokchi 5 ish kuni mobaynida auksion ob’yekti qiymatini toʻliq toʻlasa, u auksion gʻolibi deb topiladi va unga auksion natijalari haqida bayonnoma rasmiylashtiriladi.  Bayonnomaning ikkinchi nusхasi tuman hokimligiga yuboriladi, hokimlar 2 ish kuni mobaynida yer uchastkasini taqdim etish toʻgʻrisida qaror chiqaradilar. 

 

Kelgusi yillar uchun ijara toʻlovi ijarachi tadbirkor tomonidan oхirgi belgilangan ijara toʻlovi miqdori va qolgan ijara muddatidan kelib chiqib davriy (choraklik, oylik yoki ijara shartnomasida koʻrsatilgan muddatlarda) toʻlanadi. 

 

Turistik хizmatlarni tashkil etishning mavsumiyligidan kelib chiqib, ijara toʻlovlari  tadbirkorlik sub’yekti tomonidan uning faoliyat koʻrsatgan davri uchun tuzilgan jadval orqali toʻlanishi mumkin.  

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 5.12.2018 yildan kuchga kirdi.  

 

Lenara Xikmatova.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_