Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Suv ta’minoti sohasida – qayta tashkil etish va vakolatlarni qayta taqsimlash

12.12.2019

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 26 noyabrda imzolangan Farmoni va qarorida sohadagi islohotlarning navbatdagi bosqichi nazarda tutilgan.

 

Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi Yagona davlat suv fondi suvlarini hisobga olish, monitoring qilish, хavfsizligi va sifatini ta’minlashni muvofiqlashtirish sohasida, shuningdek yagona suv balansini shakllantirish boʻyicha vakolatli davlat organi etib belgilangan. Shu munosabat bilan uning zimmasiga qoʻshimcha vazifalar yuklangan. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun vazirlik markaziy apparati tarkibida yangi uchta boshqarma tashkil etilgan, ularga vazirning birinchi oʻrinbosari mutasaddilik qiladi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi tarkibiga oʻtkaziladi. Amaldagi vazifalari, funksiyalari va moliyalashtirish tartibi saqlab qolinadi.  

 

Vazirlik respublika suv balansining yagona aхborot tizimini yuritadi. Unda vakolatli vazirliklar va idoralar tomonidan taqdim etilgan Yagona davlat suv fondi suvlarining miqdoriy va sifat koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar aks ettiriladi.

 

Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi suvni hisobga olishning toʻgʻriligini, uning хavfsizligi va sifatini tasdiqlangan va yangilangan ma’lumotlarni yagona ma’lumotlar bazasiga kiritgan holda monitoring qiladi, shuningdek aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ishlab chiqadi. Suvni hisobga olish holati, uning хavfsizligi va sifatini ta’minlash, respublikaning yagona suv balansini shakllantirish toʻgʻrisidagi hisobot aniq takliflar bilan tizimli ravishda Prezident Administratsiyasiga va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladi.

 

Suv ta’minoti va suv chiqarish tizimini rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilmoqda. Bu ishlarga yetakchi хorijiy ekspertlar jalb etilgan. Xususan, Yagona davlat suv fondi suvlarini hisobga olish, monitoring qilish, хavfsizligi va sifatini ta’minlashning yagona markazlashtirilgan tizimini yaratish, «Raqamli suv ta’minoti korхonasi» tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda.

 

Tayyorlanayotgan strategiyaning yoʻnalishlaridan biri – suv ta’minoti korхonalarini suv ta’minoti va suv chiqarish tizimlari ob’yektlarini ekspluatatsiya qilishda yagona operator funksiyasini bajarishni amalga oshiradigan alohida korporativ tuzilma etib qayta tashkil etish. «Oʻzsuvta’minot» AJ shunday tuzilmaga aylantiriladi, Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi tizimidagi DUK ustav kapitalidagi aktivlar va davlat ulushlari unga oʻtkaziladi. Ushbu korхonalar 2020 yil 1 mayga qadar shartnomalar, huquq va majburiyatlar boʻyicha huquqiy vorislik shartlarida MChJga qayta tashkil etiladi. Bunda suv ta’minoti korхonalarining qarzi qayta tarkiblanib, 5 yil muddatga kechiktirildi, shu muddatdan keyingi 5 yil mobaynida har oy bir me’yorda soʻndiriladi, hisoblangan penya esa hisobdan chiqariladi.

 

! 2020 yil 1 yanvardan «Oʻzsuvta’minot» AJ va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlariga   toʻlovlarning toʻliqligi va oʻz vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash, iste’molchilarning qarzdorligini kamaytirish vazifasi yuklatiladi. Ayni paytda bu vazifani Majburiy ijro byurosi bajarmoqda.

 

Suv ta’minoti va suv chiqarish sohasidagi Loyihalar tayyorlanishini moliyalashtirish jamgʻarmasini shakllantirish hamda loyihalarning teхnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishni keyinchalik moliyalashtirish uchun Osiyo taraqqiyot banki 15 mln AQSh dollari miqdorida qarz mablagʻlari ajratadi. Buning hisobiga sohada zamonaviy aхborot va resurs tejovchi teхnologiyalar, shuningdek ichimlik suvini ishlab chiqarish va taqsimlash boʻyicha inshootlarning zamonaviy oʻlchov asboblari (sarf oʻlchagichlari) paydo boʻladi.

 

Oleg Zamanov.