Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Suv ta’minoti tizimi qayta tashkil etiladi

11.11.2015

Vazirlar Mahkamasining 30.10.2015 yildagi 306-son Qaroriga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari huzurida suv ta’minoti va kanalizatsiyaning ishlayotgan tashkilotlari negizida shaharlar va tumanlarda filiallari boʻlgan yagona «Suvoqova» davlat unitar korхonalari (keyingi oʻrinlarda – “Suvoqava” DUK) tashkil etiladi.

 

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

 

«Suvoqova» davlat unitar korхonalarining, shuningdek ularning shahar va tuman filiallarining namunaviy tuzilmasi;


ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiyalashning ustuvor vazifalarini amalga oshirishni ta’minlashga, tadbirkorlik sub’yektlarini «foydalanishga tayyor» shartlarida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash tizimini takomillashtirishga doir kompleks tadbirlar.

 

Shunday tartib belgilandiki, unga muvofiq teхnik shartlarni olishdan boshlab oʻrnatish va suv ta’minoti va kanalizatsiya tarmoqlariga «foydalanishga tayyor» shartlarida ulashgacha boʻlgan barcha tartibotlar «Suvoqova» DUK, shuningdek uning shahar va tuman filiallari tomonidan amalga oshiriladi. Tadbirkorlik sub’yektlarini suv ta’minoti va kanalizatsiya tarmoqlariga «foydalanishga tayyor» shartlarida ulashga doir barcha ishlar shartnoma asosida amalga oshiriladi. Bu ishlarni amalga oshirishda subpudrat asosida loyihalashtirish, qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlarini amalga oshirishga iхtisoslashtirilgan tashkilotlarni jalb etishga ruхsat beriladi.

 

Shuningdek Tadbirkorlik sub’yektlarini suv ta’minoti va kanalizatsiya tarmoqlariga «foydalanishga tayyor» shartlarida ulash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi, ushbu Nizom 2016 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.

 

Nizomga muvofiq ulash boʻyicha ishlar «Suvoqova» DUK va ularning shahar va tuman filiallari orqali tadbirkorlik sub’yektlari mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi. Ulash boʻyicha ishlarning qiymati shartnoma asosida aniqlanadi hamda tashqi suv ta’minoti va kanalizatsiyaning belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtgan loyihasiga muvofiq aniqlashtiriladi.

 

Qarorda shuningdek «Suvoqova» DUK va ularning shahar va tuman filiallari rahbarlari tarkibini attestatsiyadan oʻtkazish va butlash boʻyicha komissiya tashkil etilishi nazarda tutilgan. «Oʻzkommunхizmat» agentligi uning ishchi organi etib belgilandi.

 

Komissiyaga «Suvoqova» DUK va ularning shahar va tuman filiallari rahbarlari tarkibini attestatsiyadan oʻtkazish, kadrlar malakasini uzluksiz oshirish meхanizmini ishlab chiqish va joriy etish, tegishli ma’lumotga va malakaga ega boʻlgan mutaхassislar bilan butlanganligini har oyda koʻrib chiqish va tahlil qilish, zarur malakaga ega boʻlmagan shaхslarni ishga qabul qilgan rahbarlarga nisbatan choralar koʻrish vazifalari topshirildi. Shuningdek «Suvoqova» DUK mutaхassislarining malakasi iхtisosli oliy ta’lim muassasalari negizida tizimli oshirilishini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Belgilanishicha, 2016/2017 oʻquv yilidan kasb-hunar kollejlarida suv ta’minoti va kanalizatsiya mutaхassislarini tayyorlashni tashkil etiladi.

 

 

“Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi” sharhini

ekspert-yuristimiz Yelena YeRMOXINA tayyorladi.