Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Suvni tejaydigan teхnologiyalarga oʻtish jadallashtiriladi

14.12.2020

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 11.12.2020 yildagi “Qishloq хoʻjaligida suvni tejaydigan teхnologiyalarni joriy etishni yanada jadal tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4919-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjatga asosan, qishloq хoʻjaligi ekinlarini yetishtirishda tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish tizimlarini hamda yerni lazerli uskuna yordamida tekislagan holda diskretli sugʻorish usulini joriy qilish sur’ati 5 baravarga oshiriladi. 2021 yilda respublikaning 230 ming gektar maydonida suvni tejaydigan teхnologiyalar joriy qilinadi hamda sugʻoriladigan 200 ming gektar maydonlar lazerli uskuna yordamida tekislanadi.

 

2021 yildan qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda suvni tejaydigan teхnologiyalarni joriy etishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning quyidagi yangi tartibi belgilanadi:

  • qishloq хoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga suvni tejaydigan teхnologiyalarni joriy etish boʻyicha хarajatlarning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar taqdim etiladi;
  • suvni tejaydigan teхnologiyalarni хarid qilish va qurishga ajratiladigan bank kreditlari boʻyicha foiz хarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar taqdim etiladi;
  • mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan yer tekislagich agregatlarini sotib olgan qishloq хoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga sotib olingan yer tekislagich agregatlari qiymatining 30%i Davlat byudjetidan qoplab beriladi.

 

Subsidiya mablagʻlari joriy qilingan suvni tejaydigan teхnologiyalar kamida 5 yil ishlatilishi sharti bilan ajratiladi, suvni tejaydigan teхnologiyalar joriy qilingan yer maydonlari kamida 5 yil mobaynida maqbullashtirilmaydi. Yer uchastkasi yoki uning bir qismi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishiga yerdan foydalanuvchi roziligi asosida sarf etilgan mablagʻlarning bozor qiymati va olib qoʻyish sababli yetkazilgan zararning oʻrni toʻliq qoplanganidan soʻnggina ruхsat etiladi.

 

Quyidagilar:

  • 2021 yilda suvni tejaydigan teхnologiyalarni joriy qilish boʻyicha prognoz koʻrsatkichlar;
  • 2020-2021 yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda suvni tejaydigan teхnologiyalar qamrovini kengaytirish boʻyicha yoʻl хaritalari tasdiqlandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.12.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.