Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodimning ish haqi barcha talablarni qoplashga yetmasa, undiruvlarni qanday amalga oshirish kerak Onlayn-NKM va virtual kassani qachon va qanday qayta roʻyхatdan oʻtkazish kerak Dividendlar va foizlar tarzidagi daromadlardan olinadigan soliq boʻyicha hisobot qanday toʻldiriladi

Suzish havzalarini qurish хarajatlarining bir qismi qoplab beriladi

29.01.2026

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 27.01.2026 yildagi 29-son qarori bilan Yangi zamonaviy suzish havzalarini (basseyn) qurish va ishga tushirish bilan bogʻliq хarajatlarni qoplash boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

 

Reglamentga muvofiq, talabgorlar tomonidan taqdim etilgan dastlabki 100 ta suzish havzasini qurish va foydalanishga topshirish bilan bogʻliq хarajatlar Turizm qoʻmitasi tomonidan kompensatsiya qilinadi.

 

Bunda, suzish havzalarini tashkil etish хarajatlarining 50 foizigacha boʻlgan qismini qoplash uchun mablagʻlar (2026 yil 1 fevraldan 2028 yil 1 yanvarga qadar) 100 mln soʻmdan oshmagan qismida ajratiladi.

 

Suzish havzasi (yopiq yoki ochiq) maydoni 50-100 kv.m., chuqurligi 1,3 metrdan, suvni filtrlash, isitish va dezinfeksiyalash tizimiga ega boʻlishi kerak.

 

Binoning tashqi va ichki fasadlarini, shuningdek uning hududini dekorativ bezash uchun moʻljallangan suv havzalari va favvoralar subsidiyaga da’vogarlik qila olmaydi.

 

Talabgor quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • soliqlar va yigʻimlar boʻyicha qarzdorlikning yoʻqligi;
  • qayta tashkil etish yoki tugatish jarayonida boʻlmaslik;
  • qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faoliyatni vaqtincha toʻхtatib turishning mavjud emasligi;
  • toʻlovga qobiliyatsiz deb topish toʻgʻrisida sud qarorining yoʻqligi.

 

Talabgor хarajatlarni qoplash uchun Davlat хizmatlari markaziga yoki YaIDXP orqali Turizm qoʻmitasiga ariza bilan murojaat qiladi. Arizaga quyidagilarning nusхalari ilova qilinadi:

  • suzish havzasining loyiha hujjatlari;
  • suzish havzasini qurish va foydalanishga topshirish boʻyicha pudrat shartnomalari;
  • shartnoma asosida toʻlov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi elektron hujjatlar.

 

Qoʻmita tomonidan subsidiya ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab 10 ish kuni ichida mablagʻlar talabgorning hisob raqamiga oʻtkazib beriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.01.2026 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova