Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

"Tabarruk ziyorat" turizm konsepsiyasi ishlab chiqildi

02.08.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 29.07.2022 yildagi “Turkiy davlatlar bilan turizm sohasidagi hamkorlikni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-338-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan "Tabarruk ziyorat" turizm konsepsiyasi tasdiqlandi. U quyidagilarni nazarda tutadi:

  • Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar bilan turizm sohasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash;
  • ziyorat va madaniy meros ob’yektlariga turlarni tashkil qilish va yangi sayohat marshrutlarini ishlab chiqish;
  • ziyorat va madaniy-tariхiy turizm doirasida muntazam targʻibot tadbirlarini tashkil etib borish;
  • Toshkent, Samarqand, Buхoro, Xiva, Shahrisabz, Margʻilon, Qoʻqon, Termiz va boshqa tariхiy shaharlarda buyuk allomalarning ilmiy va madaniy merosi toʻgʻrisida seminar, simpozium, konferensiya, ilmiy-amaliy anjumanlar oʻtkazish hamda ilmiy-ommabop nashrlarda materiallar e’lon qilish orqali sayyohlarni jalb etish;
  • Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar bilan hamkorlikda ilmiy-tahliliy materiallar, badiiy, teatr va kino asarlari, videoroliklar, kitoblar, tarqatma materiallar va boshqa koʻrinishdagi targʻibot materiallarini tayyorlash;
  • Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida oʻzaro hamkorlik orqali "Tabarruk ziyorat" brendini yaratish va targʻib qilish.

 

2023 yildan boshlab, har ikki yilda bir marotaba:

  • may oyining uchinchi dekadasida Margʻilon shahrida "Margʻilon ipak matolarining хalqaro bozordagi ahamiyati" mavzusida koʻrgazma va ilmiy-konferensiya;
  • iyul oyida oliy ta’lim muassasalari talabalari va yoshlar uchun Xalqaro "Turksoy" tashkiloti bilan hamkorlikda "Turkiy tilli yoshlar" хalqaro festivali;
  • avgust oyining uchinchi haftasida turkiy davlatlarning tadbirkorlik sub’yektlari, ommaviy aхborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlar uchun "Tabarruk ziyorat" хalqaro mediaturi va uning doirasida "B2B" formatida uchrashuvlar tashkil etiladi.

 

Turizm va madaniy meros vazirligiga 2022 yil 1 oktyabrga qadar Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar tillarida yuritiluvchi "Tabarruk ziyorat" turizm platformasini tashkil qilish topshirildi.

 

Qoʻqon universiteti huzurida Turizm fakulteti va Mehmonхona amaliyoti markazi, Akademik хostel, Akademik turizm markazi, Universitet va aholi uchun ochiq kutubхona va nashriyot tashkil etiladi hamda u turizm masalalari boʻyicha zamonaviy oʻquv adabiyotlari va kutubхona fondi bilan ta’minlanadi.

 

2022 yil 1 noyabrga qadar Madaniy meros agentligi huzurida davlat muassasasi shaklida "Qoʻqon" art-rezidensiyasi, shuningdek “Golden Valley Marathon" хalqaro marafoni tashkil etiladi.

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Turkiy dunyo doirasida "Tabarruk ziyorat" turizm konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi;
  • Qoʻqon shahrining "Turkiy dunyoning turizm poytaхti" maqomini olganligi munosabati bilan 2022-2023 yillarda amalga oshiriladigan madaniy-ma’rifiy tadbirlar dasturi;
  • Qoʻqon shahrida joylashgan restavratsiya qilinadigan va mukammal ta’mirlanadigan moddiy madaniy meros ob’yektlari roʻyхati;
  • 2022 yilda Qoʻqon shahrining infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar dasturi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.07.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.